A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Ta`limda onglilik va faollik tamoyilini
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Ta`limda onglilik va faollik tamoyilini amalga oshirish ham bilish
jarayonining psixologik asoslariga to`la-to`kis tayanadi. Tartib va qoidalar yaxshi o`zlashtirilsada, ayrim hollarda shu bilimlarni bevosita qo`llash jarayonida talabalar qiynalishi mumkin. O`qituvchi tushunarli bo`lishi uchun kitob va boshqa manbalardagi rasmlarni ko`rsatar ekan, talabalarda faol munosabat tug`diradi va o`zlashtirshi lozim bo`lgan material to`g`risida idrok hosil qildiradi. Konkret materiallardan olingan taassurot bolalar tafakkurini uyg`otadi. Ta`lim tamoyillarini qarab chiqishni yakunlay turib, faqat ularning bir- birini to`ldirishi, bir-biriga muvofnq bo`lishigina ta`lim turi, vositalari, uslublari, tarkibiy tuzilishi va maqsadlarini muvaffaqiyatli belgilashini ta`kidlab o`tmoqchimiz. U yoki bu tamoyilni muhim deb ko`rsatish mumkin emas, chunki bir xil ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlarning hal etilishi boshqalarning hisobiga bo`lganligi sababli umumiy samaradorlikning pasayishini keltirib chiqaradi. Xuddi shuningdek, ayrim tamoyillarni yetarli darajada baholamaslik ta`lim samaradorligini pasaytiradi, ta`lim prinsnplarini yaxlit, mushtarak holda qo`llashgina zamonaviy maktab vazifalarnni muvaffaqiyatli hal etish imkoniyatini yaratadi. 85 Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan e`lon qilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasining o’ziga xos mustaqil yo`lini ta`limning barcha jabhalariga singdirish nimalardan iborat? 2. Ta`lim va tarbiyaning birligi tamoyili deganda nimani tushunasiz? Izohlab bering. 3. Ta`limda nazariyaning amaliyot bilan birligi tamoyili nimalardan iborat? 4. Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyili deganda nimani tushunasiz? 5. Ta`limda tushunarlilik tamoyili deganda nimani tushunasiz?Tushuntirib bering. 6. Ta`limda onglilik va faollik tamoyilini amalga oshirishda nimalarga e`tibor berish kerak? 7. Ta`lim tamoyillarini qarab chiqishni yakunlay turib, qanday hulosa qilish mumkin? 8. Ta’lim va tarbiya jarayonlarini bir-biridan ajratib bo’ladimi? Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling