87
oshiriladi. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga o’quvchilar
tanlov
asosida qabul qilinadilar.
4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini akademik litsey yoki
kasb –hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi. Ushbu tamoyil o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini o’quvchining o’z qiziqishi, ehtiyoji hamda
layoqatiga mosini (muayyan mutaxassislikda ixtisoslashtirilgan
akademik litsey
yoki ma’lum kasb-hunar kollejida tahsil olishni), erkin tanlash huquqiga egaligini
ifoda etadi.
5. Ta’lim tizimining dunyoviy tavsifda ekanligi. Ushbu tamoyil respublika
hududidagi mavjud ta’lim muassasalarida yoshlarga dunyoviy tavsifdagi ilmiy
bilimlarni berishni nazarda tutadi. Ta’lim
muassasalarida jangari, buzg’unchilik
shuningdek, milliy nizolar hamda diniy adovatlarni keltirib chiqarishga xizmat
qiluvchi g’oyalarning targ’ib etilishi, ular yoshlar ongiga singdirilishi qonun yo’li
bilan ta’qiqlanadi. Yoshlarga diniy bilimlarni berish
davlat akkreditatsiyasidan
o’tgan (respublika Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan) hamda
diniy
ta’lim-tarbiya berish huquqiga ega ta’lim muassasalari, shuningdek, maxsus diniy
ma’lumotlarga ega ushbu faoliyat bilan shug’ullanish huquqini qo’lga kiritigan
shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: