A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


 Ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari va ularni


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

6.3. Ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari va ularni 
kasb- hunar ta’limida qo‘llash 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Mustaqillikni qo’lga kiritish, kеng qamrovli islohotlar, davlat siyosatining 
asosiy tamoyillari, insonparvar va demokratik tizim, uzluksizlik va izchillik, 
ta’limining majburiyligi, o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi, tizimining dunyoviy, 
tabaqalashtirilgan yondashuv, iste’dodni rag’batlantirish, davlat va jamoat 
boshqaruvini uyg’unlashtirish, respublika ta’lim tizimi.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki 
kunlaridanoq Respublikada ta’limni tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga 
oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon ta’limi darajasiga ko’tarish 


86 
kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana Shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari hamda ta’limning O’zbekiston 
Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilinganligi 
bilan belgilanadi. 
Rеspublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan kеng qamrovli 
islohotlar o`sib kеlayotgan yosh avlodda intеllеktual qobiliyatlar va kasbiy 
bilimlarni rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bundan kеlib chiqqan holda mutaxassislik 
fanlarini o`qitish mеtodikasi fanining maqsadi bo`lajak mutaxassislarning ixtisoslik 
fanlaridan ta'lim bеrish mеtodikasi, oliy ta'lim tizimida o`qitish shakllari hamda 
o`qitishning ilg`or pеdagogik va axborot tеxnologiyalariga oid bilim va 
ko`nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. 
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. 
Davlatimizda tashkil etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonida Shaxs, or-nomusi
qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori 
va qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, Shuningdek, xohish-
istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling