86
kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana Shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari hamda ta’limning O’zbekiston
Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilinganligi
bilan belgilanadi.
Rеspublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan kеng qamrovli
islohotlar o`sib kеlayotgan yosh avlodda intеllеktual qobiliyatlar va kasbiy
bilimlarni rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bundan kеlib
chiqqan holda mutaxassislik
fanlarini o`qitish mеtodikasi fanining maqsadi bo`lajak mutaxassislarning ixtisoslik
fanlaridan ta'lim bеrish mеtodikasi, oliy ta'lim tizimida o`qitish shakllari hamda
o`qitishning ilg`or pеdagogik va axborot tеxnologiyalariga
oid bilim va
ko`nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi.
Davlatimizda tashkil etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonida Shaxs,
or-nomusi,
qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori
va qobiliyatini namoyish
etish uchun imkoniyat yaratish, Shuningdek, xohish-
istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: