A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


va sistemalilik, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim - tarbiya birligi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

va sistemalilik, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim - tarbiya birligi, 
ko`rsatmalilik 
Tayanch so‘z va iboralar:
Prezident fikri, ta`lim va tarbiyaning birligi, nazariyaning amaliyot bilan 
birligi, ko`rgazmalilik tamoyili, tushunarlilik tamoyili, ta`limning tushunarli 
bo`lishi, o`z kuchiga bo`lgan ishonch, onglilik va faollik tamoyili.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan e`lon qilgan O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar 
strategiyasining o’ziga xos mustaqil yo`lini ta`limning barcha jabhalariga 
singdirish darkor. Buning uchun Respublikamiz sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-
siyosiy rivojlanishga oid ko`rsatkichlar, iqtisodiy yil yakunlariga oid fakt va 
materiallar, yanglilk ijodkorlari haqidagi ocherklardan foydalanish yaxlit 
natijalarga olib keladi. 
Ta`lim va tarbiyaning birligi tamoyili ta`lim jarayonida talabalarni yangi-
yangi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish va o`zlashtirilgan bilimlar asosida 
umuminsoniy sifatlarni shakllantirishni ta`minlaydi. O`quv predmetlarining har 
bir, hatto, ayrim mavzu va qismlari ham tarbiyalovchi harakterga ega.
Ta`limda nazariyaning amaliyot bilan birligi tamoyili bevosita bilish 
faoliyatining psixologik asoslaridan kelib chiqadi. Ya`ni har qanday bilish jarayoni 
oldin tushunish, anglash keyin umumlashtirish va umumlashgan bilimlarni 
mustahkamlash va nihoyat mustahkam bilim, iqtidor ko`nikmalarini amalda 
qo`llashdan iborat. 
O`quv tarbiya jarayonining hamma jabhalari o`quv faoliyatining mazmuni, 
o`qitish metodlari, ta`limning tashkiliy shakllari - barchalarida nazariya bilan 
amaliyotning birligi - tamoyiliga asoslanadi. Nazariy o`zlashtirilgan bilimlarning 
amaliy iqtidor va ko`nikmalarga aylanishining o`zi alohida bir murakkab jarayon 
hisoblanadi. Bu jarayonning fiziologik asoslari chuqur o`rganilganida psixologik 
o`ziga xosliklar hisobga olingan taqdirdagina bilimlarni ko`nikmalarga aylanish 


83 
jarayoni boshqara olinadi. Faqat shundagina nazariy bilimlar bilan amaliyot 
o`rtasida bog`lanish zanjirlari, bog`lanish qonuniyatlari ochilishi mumkin.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling