A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Kundalik bilim sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga 
asoslanadi va insonning atrof-muhitga moslashuvchi, uning xatti-harakatlari va 
oldindan ko‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning vazifasi – ta’lim-
tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko‘maklashish. 


77 
Ta’lim-tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o‘rni 
beqiyos. Ilmiy bilim ta’lim-tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini 
topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa-hodisalar mohiyatiga chuqur kirib 
boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi. Bilimdan empirik va 
nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi. 
Nazariy bilim empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar 
mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi. 
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoni bilishning 
negizini tashkil etadi va u tufayli ilm-fan, texnika-texnologiyalar rivojlanishi 
ta’minlanadi. Demak, bilimni obyektiv mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga 
oid ma’lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin. 
Bilimlar, bu – odamlarning ijtimoiy-siyosiy amaliyot jarayonida to‘plangan 
umumlashgan tajribasidir. 
Ilmiy bilimlar, obyektiv olamni ancha to‘g‘ri (batafsil) ifodalaydi. Ular 
doimiy emas, ular o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy 
iste’moldagi bilimga aylanadi, ya’ni ular tadrijiy (evolyutsion) tarzda rivojlanib 
turadi. Bilimlar asosida tinglovchilarning kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tafakkur
xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi. 
Bilimlar banki, bu – ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislar 
tayyorlashda o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular 
asosida shakllantirilgan bilimlar majmuidir. Shuningdek, bilimlar banki, bu – 
izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuter xotirasiga 
kiritilgan nazariy va amaliy ma’lumotlar to‘plami hamdir.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, 
tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter 
xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga 
mo‘ljallangan bilimlar majmuidir. 


78 
Ko‘nikma, bu – o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va 
amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli 
faoliyat. 
Ko‘nikma, bu – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim 
qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o‘z-o‘zidan 
bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va u tinglovchilarda ko‘p marta takrorlanadigan 
mashqlar natijasida yuzaga keladi.
Ko‘nikma – ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to‘g‘ri, kam jismoniy va 
aqliy kuch sarflangan holda bajarish jarayoni natijasidir. U shaxsning bilimlari 
asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar 
jiddiylik bilan bajariladi, keyingi bosqichda diqqat bilan nazorat qilish kamayib 
boradi va, natijada, avtomatlashgan harakatga aylanadi. 
Ko‘nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada 
saqlanadi. Ana shu sababli uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati beqiyos. Ma’lum 
vaqt takrorlanmaslik ko‘nikma darajasining pasayishiga olib keladi. U katta 
hajmdagi mashqlar bajarish va malaka oshirish orqali tiklanadi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling