A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Malaka – avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato  bajariladigan harakatdir. Malaka


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Malakaavtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato 
bajariladigan harakatdir.
Malaka, bu – shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining 
avtomatlashgan shaklidir. Shaxsning malakalari shu bilan harakterlanadiki, uning 
harakatlari oson, tez, go‘yo o‘z-o‘zidan bajarilayotgandek bo‘ladi. Shu tufayli ham 
bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz turli muddat va turli sifat bilan bajaradi. 
Shaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. 
Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka shaxsning faqat shu 
sohadagi mehnatini osonlashtirib qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi 
harakatning tezligi va samarali bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Turli sohalarga nisbatan bo‘lgan malakalar shaxsda birdaniga, qisqa 
muddatda vujudga kelmaydi. Shaxs malaka orttirishi uchun muayyan sohani 
tizimli ravishda takrorlab turishi talab qilinadi. Bundan tashqari malaka muayyan 
mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo‘lgan nazariy va amaliy umumta’lim va 
kasbiy bilim hamda ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi asosida ham 
shakllanadi. 


80 
Malaka ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi hamdir. 
Malaka bir xatti-harakatning o‘zini bir xil sharoitlarning o‘zida ko‘p marta 
takrorlash natijasida hosil qilinadi.
Malaka qanchalik puxta bo‘lsa, odam ishni shunchalik tez va to‘g‘ri bajaradi. 
Ko‘nikma va malakalarning umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari bor. 
Umumiyligi shundaki, ko‘nikma va malakalar ta’lim oluvchilarning olgan bilimlari 
asosida faoliyat usullarini tashkil etadi. Farqi shundaki, ta’lim oluvchilarning 
faoliyati har xil harakterda bo‘ladi. 
Malaka – bilimlarga asoslanib mashq yordamida aylangan faoliyatning 
avtomatlashgan komponenti hisoblanadi. Malaka tez va aniq bajarish bilan bog`liq 
bo`lgan ko`nikmalarning avtomatlashgan elementlari sanaladi. 
Mehnat ko`nikmalarini shakllanish jarayonida talabalar ko`rish yoki eshitish 
orqali faqat harakatlarning qanday bajarilishi haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Bu 
faqat namuna, bajarilishi kerak bo`lgan ish haqidagi kirish instruktati hisoblanadi. 
Ko`nikmaning shakllanishi uchun talaba bu harakatlarni o`zi bajarib ko`rishi shart. 
Talaba bu harakatlarni «totib» ko`rishi jarayonida boshqalarning tajribasi o`zining 
shaxsiy tajribasiga aylana boradi. harakatlar tartibga tusha boshlaydi. Talaba 
harakat strukturasi haqida amaliy tasavvurni egallandi. Oldiniga harakatlar ayrim, 
har bir keyingi harakat oldidan o`ylash, chamalash, solishtirish orqali sokin yuz 
beradi. Ta`limning turli bosqichlarida talabalar mehnat ko`nikmalarining darajasi 
har xil bo`ladi. Elementar ko`nikmalar asta-sekin murakkab ko`nikmalarga 
aylanadi, murakkab ko`nikmalar ko`p marta qaytarilishi, yoki mashq qilishi 
natijasida malakalar paydo bo`ladi. 
Kasbiy nuqtayi nazardan malaka bu xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, 
undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarning mavjudligi. U xodimning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, 
kategoriya yoki diplomning mavjudligi bilan belgilanadi. 
Albatta, talabalarni mutaxassislikka tayyorlashda ko
`zda tutilgan va o`quv 
rejasida mo`ljallangan hamma ko`nikma va malakalarni yetarli darajada 
shakllantirishning ba`zi ob`yektiv sabablarga ko`ra (o`quv jihozlarning yetarli 


81 
emasligi, talabalarning tabiiy o
`ziga xosligi va hokazolar) iloji bo`lmas. Shuning 
uchun ham talabalarda umumlashgan politexnik ko`nikma va malakalarning 
shakllangan bo`lishiga erishish lozim. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling