A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Ko‘nikma – insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat, yoki  harakatni amalga oshirish qobiliyatidir.  Ko‘nikma


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Ko‘nikma – insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat, yoki 
harakatni amalga oshirish qobiliyatidir. 
Ko‘nikma, bu – shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo‘l-
yo‘riqlardan iborat bo‘lib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erishiladi yoki 
muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi. 
Ba’zan ko‘nikmalar shaxsga malaka hosil qiladi va uning malakali ishlashiga 
yordam beradi, ba’zilari, aksincha, shaxsdagi malakalik sifatiga salbiy ta’sir etadi 
va uni o‘zgartiradi. Bunday hol malaka va ko‘nikmalarning o‘zaro ta’siri deb 
yuritiladi. 
Ko`nikma deganda odamning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga 
tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi. Orttirilgan 
bilimlar odam hatti-harakatining nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlarga asoslanib 
hatti-harakatlarning ketma-ketligi, alohida bosqichlari fikran hayoldan o`tkaziladi. 
Elementar tajriba talablarida aynan biror faoliyat haqida aniq tasavvur hosil qilish 


79 
imkonini beradi. Biron kasb yoki faoliyat haqida tasavvurga ega bo`lishda 
elementar tajriba bilan birga boshqalarning tajribasini tasavvur qilish ahamiyat 
kasb etadi. Bu yerda pedagogning shaxsiy namunasi, novator ishchi
xizmatchilarning ilg`or tajribasi, yetuk olim ijodkorlarning ish jarayoni misol bo`la 
oladi. 
Har qanday malaka ko‘nikma bo‘la oladi, lekin har qanday ko‘nikma malaka 
bo‘la olmaydi. Ko‘nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina, malaka 
bo‘ladi. Masalan, tinglovchining turli harakatlarini shakllarni yozish jarayoni 
avtomatlashgan bo‘lgani uchun ko‘nikilgan harakat bo‘lib qolgan. Shuning uchun 
tinglovchi harflarni chiroyli va soz yoza oladi. Bu harakat tinglovchining 
malakalashgan ko‘nikmalaridir. Juda ko‘p marta takrorlash tufayli 
tinglovchilarning harflar shakllarini yozishlar bilan bog‘liq harakatlari 
avtomatlashadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling