A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
ochiqligi. Respublika fuqarolari istalgan ta’lim muassasalari (ta’lim muassasasi 
Nizomida ko’zda tutilgan talablarga muvofiq)da O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan 1999 yil 16 avgustda qabul qilingan “Umumiy o’rta 
ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori, shuningdek, 
bu borada o’rta maxsus , kasb-hunar va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari 
to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan DTS talablariga muvofiq ta’lim olish 
huquqiga egadirlar. 
7. Ta’lim dasturini tanlashga yagona tabaqalashtirilgan yondashuv. Ular 
ta’lim bo’yicha yaratilgan dasturlar orasidan o’quv dasturini yaratishga 
qo’yiladigan talablarga muvofiq yaratilgan hamda eng maqbul deb topilgan 


88 
dasturni tanlab olish asosida ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir. Shuningdek, mutaxassislik, kasb-hunar ta’limi xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda, muayyan ta’lim muassasalari ma’lum mutaxassislik va kasb-hunar 
ta’limining o’ziga xos jihatlarini inobatga olish asosida yaratilgan dasturlar ta’lim 
jarayonini tashkil etishlari mumkin. 
8. Bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish. Ta’limni tashkil etishdan 
ko’zlangan maqsad yosh avlodga chuqur bilim berish, ulardagi mavjud layoqat va 
istedodlarni rivojlantirishda iboratdir. Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar 
orasidan bilimli, iqtidorli o’quvchilar (tinglovchilarni) ni aniqlash va ularni 
qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsad yo’lida faoliyat 
olib boruvchi qator jamg’armalar, chunonchi, iste’dodli yoshlarni qo’llab-
quvvatlovchi “Umid” va “Ulug’bek” jamg’armalari tashkil etildi. Mazkur 
jamg’armalarning homiyligida yuzlab ta’lim beruvchi va tinglovchilar yetakchi 
xorijiy mamlakatlarda ta’lim olish huquqiga ega bo’ldilar.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling