A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Ta`limda onglilik va faollik tamoyilini


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Ta`limda onglilik va faollik tamoyilini amalga oshirish ham bilish 
jarayonining psixologik asoslariga to`la-to`kis tayanadi. Tartib va qoidalar yaxshi 
o`zlashtirilsada, ayrim hollarda shu bilimlarni bevosita qo`llash jarayonida 
talabalar qiynalishi mumkin.
O`qituvchi tushunarli bo`lishi uchun kitob va boshqa manbalardagi 
rasmlarni ko`rsatar ekan, talabalarda faol munosabat tug`diradi va o`zlashtirshi 
lozim bo`lgan material to`g`risida idrok hosil qildiradi. Konkret materiallardan 
olingan taassurot bolalar tafakkurini uyg`otadi. 
Ta`lim tamoyillarini qarab chiqishni yakunlay turib, faqat ularning bir-
birini to`ldirishi, bir-biriga muvofnq bo`lishigina ta`lim turi, vositalari, uslublari, 
tarkibiy tuzilishi va maqsadlarini muvaffaqiyatli belgilashini ta`kidlab 
o`tmoqchimiz. U yoki bu tamoyilni muhim deb ko`rsatish mumkin emas, chunki 
bir xil ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlarning hal etilishi boshqalarning hisobiga 
bo`lganligi sababli umumiy samaradorlikning pasayishini keltirib chiqaradi. 
Xuddi shuningdek, ayrim tamoyillarni yetarli darajada baholamaslik ta`lim 
samaradorligini pasaytiradi, ta`lim prinsnplarini yaxlit, mushtarak holda 
qo`llashgina zamonaviy maktab vazifalarnni muvaffaqiyatli hal etish imkoniyatini 
yaratadi. 


85 
 

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev 
tomonidan 
e`lon qilgan O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar 
strategiyasining o’ziga xos mustaqil yo`lini ta`limning barcha jabhalariga 
singdirish nimalardan iborat?
2. Ta`lim va tarbiyaning birligi tamoyili deganda nimani tushunasiz? Izohlab 
bering. 
3. Ta`limda nazariyaning amaliyot bilan birligi tamoyili nimalardan iborat? 
4. Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyili deganda nimani tushunasiz? 
5. Ta`limda tushunarlilik tamoyili deganda nimani tushunasiz?Tushuntirib bering. 
6. Ta`limda onglilik va faollik tamoyilini amalga oshirishda nimalarga e`tibor 
berish kerak?
7. Ta`lim tamoyillarini qarab chiqishni yakunlay turib, qanday hulosa qilish 
mumkin? 
8. Ta’lim va tarbiya jarayonlarini bir-biridan ajratib bo’ladimi? 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling