A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyiliga
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`limda tushunarlilik tamoyili
Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyiliga amal qilish o`quv tarbiya jarayonining
asosini tashkil etadi. Ta`lim va tarbiyada ko`rgazmalilikdan foydalaiish haqida Al- Forobiy ko`pgina ibratli so`zlarni aytib qoldirgan. Farobiyning fikriga qaraganda talabalarni, shogirdlarni uch toifaga bo`lish mumkin. Birinchi toifasi (guruhning 3- 5 foizini tashkil etadi) o`quv materialini o`zlari mustaqil o`rgana olishadi. Uchinchi toifadagilarni (bular 8-10 foizni tashkil etadi) majburlab, zo`rlab o`qitish kerak, deydi. Va nihoyat ikkinchi toifa talabalarga (ular 85-90 foizni tashkil etadi) ta`lim berishda ko`rgazmalilikdan foydalanib, o`quv mehnatini jadallashtirish va birmuncha osonlashtirish imkoniyati tug`iladi. Ta`limda tushunarlilik tamoyili. O`qituvchining tarbiyachi sifatidagi asosiy funksiyalaridan biri fan mavzulari bo`yicha darslik, dastur, o`quv qo`llanmalari, ilmiy-ommaviy va boshqa adabiyotlarda tarqalib yotgan axborotni to`plab, undan kerakli mazmunni tanlab olib, uni o`quv materialiga aylantirishdan iborat. Bizda ta`limning tashkiliy shakli sifatida asosan sinf-dars tizimidan foydalaniladi. Birinchi sinfga 6-7 yoshdan olingan o’quvchilarning psixik rivojlalnish ko`rsatkichlari turlicha bo`lishi aniq. O`qituvchi tomonidan berilayotgan bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishga talabalarda imkoniyat mavjudmi, o`quv materialini o`zlashtirishga ular tayyormilar? Talabalarga o`quv materialini alglatish uchun nima qilmoq kerak? Ilg`or pedagogik tajribalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, tushunarlilik tamoyilini darsni yaxshilashni tashkillashtirish, dars mazmuniga mos metodlardan foldalanish, talabalar aqliy faolligini rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin. Bu yerda talabalarda o`quv faoliyatini tashkil qilish ko`nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. O`qituvchi o`quv materialini talabalar tushunishi oson bo`lgan oddiy faktlardan boshlashi va shu tariqa ularni birmuncha murakkab materialni o`zlashtirishga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga juda oson yoki o`quvchilarga 84 yaxshi ma`lum bo`lgan material ularning e`tiborini susaytiradi. O’qituvchining vazifasi talabalar tushuna oladigan, lekin, shu bilan birga ularni o`ylashga, tasavvur qilishga hamda ma`lum darajada qiyinchiligini yengishga majbur qiladigan materialni tanlashdan iborat bo`lmog`i lozim. Ma`lumdan noma`lumga o`tish ham ta`limning tushunarli bo`lishini ta`minlaydl. Bu yerda har bir yangi dars materlali talabalar ilgari puxta o`zlashtirib olgan bilimlar asosida tushuntiriladi. O`qituvchi darsda o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlaridan hayotiy tajribalaridan foydalanadi, yangi materialni tushuntirishda ularga ma`lum bo`lgan misol va faktlarga asoslanadi. Talabalar bilim egallashlarini osonlashtirish uchun o`quv materialini osondan qiyinga o`tilishini ta`minlash kerak. Shunday sharoit yaratilganida talabalarning o`z kuchiga bo`lgan ishonchi ortadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling