A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
O’quv maqsadi Kasb-hunar ta’limi jarayonlari taxlili va asosiy didaktik tushunchalar, umumdidaktik tamoyillar: onglilik va faollik, ilmiy va sistemalilik, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim - tarbiya birligi, ko`rsatmalilik davlat siyosatining asosiy tamoyillari va ularni kasb- hunar ta’limida qo‘llash mazmuniga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish 76 - M.N.Skatkin ta’lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, joriylilik; - M.G.Ogorodnikov esa, o‘z tadqiqotlarida ilmiylilik, g‘oyaviylik, tarixiyik, tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta’limning hayot bilan aloqasi kabi ta’riflarni asosiy sifatida tamoyillarini ajratadi. - S.Ya.Batishev kasb ta’limi mazmunini ishlab chiqarish va mehnat jarayoni rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan holda tasavvur etish kerak deb hisoblaydi va ta’limning quyidagi tamoyillarini belgilaydi: ilmiylik, tizimlilik va joriylilik, amaliy ta’lim bilan ishlab chiqarish mehnatining birligi . - V.A. Skakun kasb ta’limi tamoyillarini quyidagicha talqin qiladi: ilmiylik va g‘oyaviylik, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning birligi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga ta’limning bog‘liqligi, politexnizm, malakali ishchilarni tayyorlash, barcha tomonlarining bir-biriga aloqasi; ta’limning birligi va tabaqalanishi . - A.P.Belyaeva ta’limda haqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik, muqobillilik, politexnik va kasbiy ta’limning birligi hamda o‘zaro aloqasi; fanlararo va majmuaviy o‘zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta’limning egiluvchanligi va turg‘unligi, mujassamlangan ham tabaqalashganligini ta’limning asosiy tamoyillari sifatida talqin etadi. Bilim, bu – o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir. Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi va obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar)dir. U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling