A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Yakuniy ko‘rsatma berish bir necha didaktik va tarbiyaviy maqsadlarga 
ega: guruhda jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat natijalarini ob’ektiv baxolash, 
ilg‘or talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, u yoki bu mehnat 
operatsiyalarini bajarishda umumiy va yakka tartibdagi xatoliklarni aniqlash va 
ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash va hokazo. Yakuniy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri 
berish talabalarga katta tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, ularda o`z mexnati natijasi 
uchun javobgarlik, jamoaviylik, bajarilgan ishdan qoniqish hosil qilish, mehnatga 
bo‘lgan estetik munosabat hissiyotini uyg‘otadi va shakllantirishga ko‘maklashadi. 
O‘rganilayotgan materialning maqsadlari va mazmuniga bog‘liq ravishda 
ishlab chiqarish darslarining quyidagi turlari mavjud: 
- maqsadi talabalarga o‘rganilayotgan usul yoki operatsiyalarni bajarish uchun 
ishlab chiqarish - texnik bilim, boshlang‘ich ko‘nikma va maxorat berish bilan 
mehnat usul va operatsiyalarini o‘rganish bo‘yicha darslar; 
- maqsadi talabalarni asta-sekin murakkablashib borayotgan o‘quv ishlab 
chiqarishlari, mexnatni tashkil etish va texnologik jarayonni rejalashtirish
ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirish va mustahkamlash, turli 
birikmalarda avval o‘rganilgan operatsiyalarni bajarish bilan tanishtirish bilan 
kompleks ishlarni bajarish bo‘yicha darslar. 
Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi. O‘quv sharoitlarida 
ko‘pincha ko‘nikma va maxoratlarni shakllantirish uchun ishlab chiqarishda 
xaqiqiy vositalardan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi. 


73 
Maxsus tajriba maydonlariga turli xil avtotransport vositalari bilan 
jixozlangan maydonchalar, qurilish mashinalari va mexanizmlari bilan jihozlangan 
o‘quv-qurilish maydonchalari, harakatlanuvchan katta yukli kranga ega bo‘lgan 
ochiq maydonchalar, geologik va geodezik ishlar uchun o‘quv maydonchalari va 
xokazolar kiradi. 
Maxsus-tajriba 

o‘quv 
maydonchalarida 
kasb-xunar 
kollejlari 
yo‘nalishlariga qarab, masalan, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maydonchasida 
– qishloq xo‘jalik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar, maishiy xizmat 
kasb-hunar kollejida – tikuvchilik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar 
amalga oshiriladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling