A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
O’quv maqsadi Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari, umumiy politexnik va maxsus ta’lim moxiyati, vazifasi va tavsifi,nazariy va amaliy ta’lim mutanosibligiga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish 103 O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda ana shu bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalari va malakalari hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarish ta’limi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida, tanlagan kasblariga doir mehnat ko‘nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim ham to‘ldirilib, aniqlashtirilib boriladi. Ma’lumki, insonning har bir hatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana shu ongli hatti-harakat pedagogik adabiyotlarda quyidagi uch bosqichda amalga oshishi keltirilgan: I. Bosqich. Mo‘ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi, loyihalashtiradi. Maqsadga erishish yo‘llarini modellashtiradi. II. Bosqich. Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy hatti- harakatlar amalga oshirilib, ma’lum natijaga erishiladi. III. Bosqich. Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichi hisoblanib, unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli xulosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar kiritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi. Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-tarbiya ishi ham ushbu yuqoridagi qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak ta’lim-tarbiya ishi ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi. Bu me’yorlarsiz ta’lim- tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim- tarbiyaviy ishlar aniq maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi. 104 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi yangi Davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tatbiq etishni taqozo etdi. Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish asosan me’yoriy hujjatlar majmui, ya’ni davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari va dasturlari asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g‘oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayon o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishiga, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir, yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini berishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini, ta’lim oluvchilarning bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni amaliyotga qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi. Samarali o‘qitishning muhim shartlari: ta’lim oluvchilarning qiziqish faoliyatining faolligini o‘quv jarayonining sifati deb qarash lozim. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim oluvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatini, uni samarali o‘zlashtirishga, bilim va malakasini oshirishga intilishi, o‘z navbatida mehnat qilishga bo‘lgan irodaviy jihatlarni rivojlantirishga va olgan bilimlaridan estetik qoniqishga olib keladi. Ta’lim oluvchining harakteriga mos ravishda ularning bilim egallashga intilishi va faolligi darajalari turlicha bo‘ladi. Lekin, shu bilan birga ta’lim oluvchilar passiv bo‘lsa, o‘qitish jarayonini amalga oshirish qiyin kechadi. Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish faolligi, uning shaxs sifatida shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga, 105 mehnatiga, boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muhitga munosabati shakllanib boradi. Talim jarayoni samaradorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri o‘quv materialining ma’zmuni va uning to‘g‘ri tanlanishi. Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida belgilangan bo‘lib, uning tarkibini ijtimoiy – iqtisodiy maqsadlar, davlat buyurtmasi, pedagogik tizim belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi: a) pedagogik jarayonning maqsadi va vazifalariga qarab mazmun belgilanmasa, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari qiyin kechadi va pedagogik jarayondagi nazariya bilan amaliyot orasida bog‘liqlik yo‘qoladi. b) guruhdagi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan holda dasturga mantiqiy o‘zgartirishlar kiritib ta’lim maqsadiga erishiladi. Ko‘pincha o‘quv jarayonining sifati butun pedagogik jarayonidan samaradorlikka bog‘liq. Yangi demokratik jamiyat qurish jarayonida ta’limning mazmunini tanlashda jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, quyidagilarga amal qilinadi: ilmiy bilimlarni yetakchi roli to‘g‘risidagi qoidaga; insoniyatning madaniy-ma’rifiy merosi boyliklarini, umuminsoniy qadriyatlarini egallab olish haqidagi «Milliy dastur» ko‘rsatmalari; tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon- e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish; ilmiy hayot bilan, yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog‘liqligi haqidagi qoidaga; ta’limning bir maqsadga qaratilganligi; ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga va didaktik tamoyillarga muvofiqligiga. Shu nuqtai nazardan ta’lim mazmunining tuzilishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 106 1.Ta’lim mazmunining davlat ijtimoiy-kasbiy rivojlanishi yo‘nalishlariga bog‘liqlik tamoyili. 2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tamoyili. 3. Fanlararo kompleks aloqalar tamoyili. 4. Kasblarga yo‘naltirish tamoyili. 5. Ta’lim mazmunini tanlashda ustuvor va o‘zgaruvchan qismlarga bo‘lib tanlash tamoyili. 6. Ta’lim mazmunini unifikasiyalash va tabaqalashtirish tamoyili. Yangi demokratik jamiyat qurayotgan respublikamizda ta’limning mazmuni quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi: Fan- texnika taraqqiyotidagi va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish orqali; ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materialdan qutilish, yangi eng zarur materiallarni ta’lim mazmuniga kiritish orqali ; o‘rganilayotgan fanlar ro‘yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o‘quvchi-yoshlar, albatta, o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash orqali; o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda ham aniq bayon qilish orqali; o‘quvchilarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, kompyuter savodxonligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar sohasidagi va boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda shu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari hosil qilish orqali. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling