A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Pedagogik yondashuv bu ta’lim – tarbiyadagi o‘zaro bog‘liqlik. Tarkibiy va 
tashkiliy jihatdan bir butun bo‘lgan jarayon va hodisalarni o‘rganuvchi pedagogik 
faoliyatdir. 
Pedagogik yondashuvlar turlari ular qo‘llanilayotgan manbaga mos holda 
turlicha bo‘ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta’lim – tarbiyada keng 
qo‘llanilishi bilan texnologik yondashuvga e’tibor kuchaymoqda. 
Texnologik yondashuv – bu ta’limning aniq kutilgan natijalariga ega 
bo‘lgan uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat:
- tizimli yondashuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash; o‘quv maqsadini 
mumkin qadar aniqlashtirish; 
- ta’lim oluvchilarni ularning hatti – harakatlari asosida o‘qitish;
- teskari aloqa, bilim; 
- ko‘nikma va malakalarning to‘la o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan 
maqsadlarga 
- erishishini kafolatlashi;
- o‘qitishning samaradorligiga erishishi. 
Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori – bu mazkur qarorni amalga 
oshirishdagi o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi vazifalarni belgilash va taklif 
–mulohazalarni hisobga olish hamda amaliyotda foydalanishga tavsiyalash ishlab 
chiqish natijasi. 
Mazkur jarayon o‘qitishga har tomonlama mos tushuvchi ta’lim 
texnologiyalarini yaratishda, ilg‘or axborotli ta’lim texnologiyalarini hayotga joriy 
etishda, qarorlarni qabul qilish bo‘yicha ta’lim oluvchilar vazifalarini belgilashda, 
qarorni joriy etishda, taklif va mulohazalarni yig‘ishlarda mukammal qarorlar 
qabul qilishga didaktik asos bo‘la oladi.


110 
Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori - ilmiy – pedagogik
tashkiliy – pedagogik faoliyatda va ular natijalarini nazorat qilish yo‘nalishidagi 
ishlarda qo‘llanilishi samarali natijalarni beradi. 
Pedagogik qobiliyat – bu o‘qituvchining pedagogik faoliyatga xos bo‘lgan 
zaruriy xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘lib, unda shu xususiyatlar negizida 
pedagogik faoliyat bilan mohirona shug‘ullana olishlik layoqatining 
shakllanganligining muayyan darajasidir. 
Mikro darajadagi o‘qitish. Mikro darajadagi o‘qitish - guruhlarda 
qaytuvchan aloqani tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitish metodlari 
orasidagi o‘qitishning unumliligini oshirishdagi xamkasblik (pedagoglar orasidagi) 
metodidir. Xar bir ishtirokchi simpozium vaqtida o‘quv jarayoni xaqida qisqa 
ma’lumot beradi. Lekin bu holat boshqa bo‘limlar tomonidan etirozlarga sabab 
bo‘lgan. Ushbu holatda o‘qitish portfoliosini yaratish maqbul echim bo‘lib 
hisoblandi. O‘qitish porfoliosini yaratisho‘qituvchilarni shaxsiy portfoliosini 
tashkil etish va rivojlantirishga turtki bo‘ladi.Ishtirokchilar ta’limni 
samaradorligini oshiruvchi porfolioni qanday ishlatish va portfolioni tarkibiy 
qismlarini taxlil qilish to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarga ega bo‘ladilar. SHular 
orqali ular o‘z portfoliolarini to‘ldirish tartibi rejasini tuzib chiqadilar. 
Mazkur jarayonda, ayniqsa o‘qituvchining pedagogik mahoratining oshishi 
asosidagi ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishda quyidagi qobiliyatlari 
muhim asos bo‘la oladi:
- pedagogning bilish qobiliyati;
- pedagogning diqqatni taqsimlay olish qobiliyati;
- pedagogning istiqbolni belgilay olish qobiliyati; 
- pedagogning kasbiy madaniyati va bilimdonligi qobiliyati; pedagogning 
kasbiy 
- nazokati va kuzatuvchilik qobiliyati;
- pedagogning ma’naviy – ma’rifiy madaniyati va nutq qobiliyati; 
pedagogning obro‘ orttira olish qobiliyati; 
- pedagogning tashkilotchilik qobiliyati;


111 
- pedagogning tushuntira olish qobiliyati;
- pedagogning to‘g‘ri tushuntira olish qobiliyati;
- pedagogning to‘g‘ri muomala qilish qobiliyati va shu kabilar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling