A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik yondashuv
- Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori
Pedagogik yondashuv bu ta’lim – tarbiyadagi o‘zaro bog‘liqlik. Tarkibiy va
tashkiliy jihatdan bir butun bo‘lgan jarayon va hodisalarni o‘rganuvchi pedagogik faoliyatdir. Pedagogik yondashuvlar turlari ular qo‘llanilayotgan manbaga mos holda turlicha bo‘ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta’lim – tarbiyada keng qo‘llanilishi bilan texnologik yondashuvga e’tibor kuchaymoqda. Texnologik yondashuv – bu ta’limning aniq kutilgan natijalariga ega bo‘lgan uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: - tizimli yondashuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash; o‘quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish; - ta’lim oluvchilarni ularning hatti – harakatlari asosida o‘qitish; - teskari aloqa, bilim; - ko‘nikma va malakalarning to‘la o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga - erishishini kafolatlashi; - o‘qitishning samaradorligiga erishishi. Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori – bu mazkur qarorni amalga oshirishdagi o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi vazifalarni belgilash va taklif –mulohazalarni hisobga olish hamda amaliyotda foydalanishga tavsiyalash ishlab chiqish natijasi. Mazkur jarayon o‘qitishga har tomonlama mos tushuvchi ta’lim texnologiyalarini yaratishda, ilg‘or axborotli ta’lim texnologiyalarini hayotga joriy etishda, qarorlarni qabul qilish bo‘yicha ta’lim oluvchilar vazifalarini belgilashda, qarorni joriy etishda, taklif va mulohazalarni yig‘ishlarda mukammal qarorlar qabul qilishga didaktik asos bo‘la oladi. 110 Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori - ilmiy – pedagogik, tashkiliy – pedagogik faoliyatda va ular natijalarini nazorat qilish yo‘nalishidagi ishlarda qo‘llanilishi samarali natijalarni beradi. Pedagogik qobiliyat – bu o‘qituvchining pedagogik faoliyatga xos bo‘lgan zaruriy xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘lib, unda shu xususiyatlar negizida pedagogik faoliyat bilan mohirona shug‘ullana olishlik layoqatining shakllanganligining muayyan darajasidir. Mikro darajadagi o‘qitish. Mikro darajadagi o‘qitish - guruhlarda qaytuvchan aloqani tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitish metodlari orasidagi o‘qitishning unumliligini oshirishdagi xamkasblik (pedagoglar orasidagi) metodidir. Xar bir ishtirokchi simpozium vaqtida o‘quv jarayoni xaqida qisqa ma’lumot beradi. Lekin bu holat boshqa bo‘limlar tomonidan etirozlarga sabab bo‘lgan. Ushbu holatda o‘qitish portfoliosini yaratish maqbul echim bo‘lib hisoblandi. O‘qitish porfoliosini yaratisho‘qituvchilarni shaxsiy portfoliosini tashkil etish va rivojlantirishga turtki bo‘ladi.Ishtirokchilar ta’limni samaradorligini oshiruvchi porfolioni qanday ishlatish va portfolioni tarkibiy qismlarini taxlil qilish to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarga ega bo‘ladilar. SHular orqali ular o‘z portfoliolarini to‘ldirish tartibi rejasini tuzib chiqadilar. Mazkur jarayonda, ayniqsa o‘qituvchining pedagogik mahoratining oshishi asosidagi ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishda quyidagi qobiliyatlari muhim asos bo‘la oladi: - pedagogning bilish qobiliyati; - pedagogning diqqatni taqsimlay olish qobiliyati; - pedagogning istiqbolni belgilay olish qobiliyati; - pedagogning kasbiy madaniyati va bilimdonligi qobiliyati; pedagogning kasbiy - nazokati va kuzatuvchilik qobiliyati; - pedagogning ma’naviy – ma’rifiy madaniyati va nutq qobiliyati; pedagogning obro‘ orttira olish qobiliyati; - pedagogning tashkilotchilik qobiliyati; 111 - pedagogning tushuntira olish qobiliyati; - pedagogning to‘g‘ri tushuntira olish qobiliyati; - pedagogning to‘g‘ri muomala qilish qobiliyati va shu kabilar. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling