112
materiallari o‘rnini olmasligi kerak. Bunday reja o‘quv maqsadlarini, modul yoki
mavzu, amaliy usullarni o‘qitish va o‘rganish materiallarini,
shuningdek, qat’iy
belgilangan vaqt chegarasini o‘zida mujassam etadi.
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida o‘qitish
jarayonining ko‘zda tutilgan ketma-ketligini saqlab qolish va rejalashtirilgan o‘quv
maqsadlariga erishishni ta’minlash lozim.
Olib borilgan dastlabki tajribalar shuni ko‘rsatdiki, amaliy mashg‘ulotlarni
o‘tkazish uchun keng qamrovli tayyorgarlik ko‘rish shart emas. Bunday rejani
tuzishda amaliyot o‘qituvchisi o‘zi o‘zlashtirgan tajribalarga asoslanadi.
Maxsus fanlardan dars jarayonida ishlatilishi mumkin bo‘lgan
har qanday
ma’lumotni ushbu rejaga kiritish tavsiya etiladi.
Avvalo, biz muhim bandlariga bir nazar tashlaganda ko‘zga darhol
tashlanishi va yaxshi o‘qilishi uchun katta shrift bilan
yoziladigan rejani tavsiya
etamiz.
Biz hozir kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan “Tikuvchilik korxonalari
jihozlari” fani bo‘yicha tasvirlaydigan qismlarga bo‘lish namunasi (1- jadval)
mazmuniy
jihatlar asosida tuzilsada, metodik jihatlar bilan ham to‘ldirilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: