A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
 
O’quv maqsadi 
Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari, 
umumiy politexnik va maxsus ta’lim moxiyati, 
vazifasi va tavsifi,nazariy va amaliy ta’lim 
mutanosibligiga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan 
o’rganish
 


103 
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida 
boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu 
mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan 
bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va 
chuqurlashtiradilar hamda ularda ana shu bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalari 
va malakalari hosil bo‘ladi.
Ishlab chiqarish ta’limi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. 
Ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida, tanlagan kasblariga doir mehnat 
ko‘nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim ham 
to‘ldirilib, aniqlashtirilib boriladi. 
Ma’lumki, insonning har bir hatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana 
shu ongli hatti-harakat pedagogik adabiyotlarda quyidagi uch bosqichda amalga 
oshishi keltirilgan: 
I. 
Bosqich. Mo‘ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan 
aniq maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi, loyihalashtiradi. Maqsadga 
erishish yo‘llarini modellashtiradi. 
II. Bosqich. Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-sharoit, 
mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy hatti-
harakatlar amalga oshirilib, ma’lum natijaga erishiladi. 
III. Bosqich. Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichi hisoblanib
unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli xulosaga 
kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni, 
tuzilmasi 
va 
shakliga 
o‘zgartirishlar 
kiritilib, 
ish-harakat 
usullari 
takomillashtiriladi. 
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi 
ta’lim-tarbiya ishi ham ushbu yuqoridagi qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak 
ta’lim-tarbiya ishi ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi. Bu me’yorlarsiz ta’lim-
tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida samarasiz 
bo‘ladi. Aslini olganda maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-
tarbiyaviy ishlar aniq maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi. 


104 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va 
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
qonunning joriy etilishi yangi Davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari, dasturlari, 
darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tatbiq 
etishni taqozo etdi. 
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ta’lim jarayoni, 
mazmunini isloh qilish asosan me’yoriy hujjatlar majmui, ya’ni davlat ta’lim 
standarti, o‘quv rejalari va dasturlari asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish 
milliy istiqlol g‘oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. 
Kasb-hunar 
ta’limi 
ta’lim 
muassasalaridagi 
pedagogik 
jarayon 
o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal 
intellektual kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishiga, kasb-hunarga moyilligi, bilim va 
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir, yoki 
bir necha ixtisosni egallash imkonini berishga qaratilgan o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini, ta’lim oluvchilarning bilim, amaliy
ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni amaliyotga qo‘llashni o‘z ichiga 
qamrab oladi.
Samarali o‘qitishning muhim shartlari: ta’lim oluvchilarning qiziqish 
faoliyatining faolligini o‘quv jarayonining sifati deb qarash lozim. Bu esa, o‘z 
navbatida ta’lim oluvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatini, uni samarali 
o‘zlashtirishga, bilim va malakasini oshirishga intilishi, o‘z navbatida mehnat 
qilishga bo‘lgan irodaviy jihatlarni rivojlantirishga va olgan bilimlaridan estetik 
qoniqishga olib keladi. 
Ta’lim oluvchining harakteriga mos ravishda ularning bilim egallashga 
intilishi va faolligi darajalari turlicha bo‘ladi. Lekin, shu bilan birga ta’lim 
oluvchilar passiv bo‘lsa, o‘qitish jarayonini amalga oshirish qiyin kechadi. 
Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish faolligi, uning shaxs 
sifatida shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga, 


105 
mehnatiga, boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muhitga 
munosabati shakllanib boradi. 
Talim jarayoni samaradorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri 
o‘quv materialining ma’zmuni va uning to‘g‘ri tanlanishi. 
Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida 
belgilangan bo‘lib, uning tarkibini ijtimoiy – iqtisodiy maqsadlar, davlat 
buyurtmasi, pedagogik tizim belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’limning 
mazmunliligiga emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi: 
a) pedagogik jarayonning maqsadi va vazifalariga qarab mazmun 
belgilanmasa, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari qiyin kechadi va pedagogik 
jarayondagi nazariya bilan amaliyot orasida bog‘liqlik yo‘qoladi. 
b) guruhdagi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi 
pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan holda dasturga mantiqiy 
o‘zgartirishlar kiritib ta’lim maqsadiga erishiladi. Ko‘pincha o‘quv jarayonining 
sifati butun pedagogik jarayonidan samaradorlikka bog‘liq.
Yangi demokratik jamiyat qurish jarayonida ta’limning mazmunini 
tanlashda jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, quyidagilarga amal qilinadi: 

ilmiy bilimlarni yetakchi roli to‘g‘risidagi qoidaga; 

insoniyatning 
madaniy-ma’rifiy 
merosi boyliklarini, umuminsoniy 
qadriyatlarini egallab olish haqidagi «Milliy dastur» ko‘rsatmalari; 

tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-
e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish; 

ilmiy hayot bilan, yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog‘liqligi 
haqidagi qoidaga; 

ta’limning bir maqsadga qaratilganligi; 

ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga va didaktik 
tamoyillarga muvofiqligiga.
Shu nuqtai nazardan ta’lim mazmunining tuzilishi quyidagi tamoyillarga 
asoslanadi: 


106 
1.Ta’lim mazmunining davlat ijtimoiy-kasbiy rivojlanishi yo‘nalishlariga 
bog‘liqlik tamoyili. 
2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tamoyili. 
3. Fanlararo kompleks aloqalar tamoyili. 
4. Kasblarga yo‘naltirish tamoyili. 
5. Ta’lim mazmunini tanlashda ustuvor va o‘zgaruvchan qismlarga bo‘lib 
tanlash tamoyili. 
6. Ta’lim mazmunini unifikasiyalash va tabaqalashtirish tamoyili. 
Yangi demokratik jamiyat qurayotgan respublikamizda ta’limning mazmuni 
quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi: 

Fan- texnika taraqqiyotidagi va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni 
aks ettirish orqali; 

ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materialdan qutilish, 
yangi eng zarur materiallarni ta’lim mazmuniga kiritish orqali ; 

o‘rganilayotgan fanlar ro‘yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda 
o‘quvchi-yoshlar, albatta, o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan malaka va 
ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash orqali; 

o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda 
ham aniq bayon qilish orqali; 

o‘quvchilarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, kompyuter 
savodxonligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar sohasidagi va boshqa bilimlar 
bilan qurollantirish hamda shu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari hosil 
qilish orqali. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling