A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


  MAVZU 9. KASB-HUNAR TA’LIMINI REJALASHTIRISH


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 


120 
MAVZU 9. KASB-HUNAR TA’LIMINI REJALASHTIRISH. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.1. Kasb-hunar ta’limini rejalashtirishning umumiy masalalari, 
kasb-hunar ta’limini rejalashtiruvchi xujjatlar, o‘quv-texnologik 
xujjatlar, istiqbolli, kalendar tematik reja, o‘quv ustasining o‘quv 
kuni uchun ish rejasi. 
Tayanch so‘z va iboralar:
O‘quv reja, DTSda keltirilgan talablar, o‘quv rejasining moduli, fanning 
o‘quv rejasi va dasturi, perspektiv mavzular rejasi, ko‘nikma va malakalarni 
mustahkamlash, takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga q o‘yish, texnik fikrlashning 
xususiyatlari, tarmoq standarti, o‘quv predmeti, o‘quv dasturlarining tarkibi.
 
O‘quv reja – har bir mutaxassislik bo‘yicha malaka va DTSda keltirilgan 
talablarni ta’minlovchi muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, 
o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida 
o‘rganishning izchilligi va soatlaridagi qatnashishini belgilaydigan hujjat. 
O‘quv rejasiga kirgan fanlar mazmunini o‘quv dasturlari va mavzular rejasi 
tashkil etadi. O‘quv rejasi o‘quv shakllarini, o‘quv predmetlarining ro‘yxatini va 
hajmini, ularning o‘quv haftalari, yarim yilliklari bo‘yicha taqsimlanishini 
belgilaydigan, bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv predmetlari, kasbiy va umumta’lim 
tayyorgarligi orasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi meyoriy hujjat. 
 
 
O’quv maqsadi 
Kasb-hunar ta’limini rejalashtirishning umumiy 
masalalari, kasb-hunar ta’limini rejalashtiruvchi 
xujjatlar, o‘quv-texnologik xujjatlar, istiqbolli,
 
kalendar tematik reja, o‘quv ustasining o‘quv 
kuni uchun ish rejasi
o‘quv mashg‘ulotlariga 
tayyorgarlik: mashg‘ulotlar maqsadi va mazmunini 
aniqlash, mashg‘ulotlar moddiy-texnika bazasini 
tayyorlash, mashg‘ulot turlari va ularga metodik 
tayyorgarligini
 
nazariy jihatdan o’rganish


121 
O‘quv rejasining moduli – uzluksiz ta’lim mazmunining asosiy invariant 
tarkibiy komponentlarini aks ettiruvchi o‘quv rejasini taqdim etish shakli Kasb – 
hunar kollejlarida fanlardan nazariy darslarni o‘qish: 
- perspektiv mavzular rejasi; 
- kundalik dars rejasi; 
- dars konspekti; 
Nazariy darslarni hisobga olib borish jurnallaridan muntazam foydalaniladi. 
Perspektiv mavzular rejasi o‘quv materialini t o‘ g‘ri taqsimlashda ayni fanni 
boshqa fanlar va ishlab chiqarish ta’limi bilan boglashda, darsga kerakli o‘quv 
materiallari va jixozlarni tayyorlashda yordam beradi, o‘qish jarayonining 
samaradorligini oshirish sharoitini yaratish imkonini beradi. Perspektiv mavzular 
rejasining asosini mavzular b o‘yicha darslar tizimi tashkil etadi. Mazkur rejani 
o‘qituvchi fanning o‘quv rejasi va dasturiga asosan darslar boshlangunicha t o‘zadi 
va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi: 
- mashg‘ulot o‘quv ishlarini bajarish uchun tashkiliy qism; 
- darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlashi; 
- fanlararo va fan ichidagi bo g‘lanishlarni belgilash; 
- tarbiyaviy ishni perspektiv reja bilan boglab olib borish; 
- ishlab chiqarish ta’limi bilan bo g‘lanish; 
- ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar va ta’limning texnik 
vositalarini belgilash; 
- uyga topshiriq; 
- ma’lumotnoma va metodik adabiyotlar. 
Rejaning komponentlari o‘quv fani va mavzu materialining mazmuni, bilim 
yurtining o‘quv moddiy bazasi, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab 
aniqlanadi. Perspektiv mavzular rejasi metodika kengashida k o‘rib chiqiladi. 
Perspektiv mavzular rejasi takroran foydalanadigan hujjat bo‘lib, unga 
muntazam ravishda o‘zgartish va q o‘shimchalar kiritib boriladi. 


122 
Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash o‘quvchilarning bilish 
qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi. Endi 
namuna sifatida ayrim fanlar bo‘yicha dars rejalarini k o‘rib chikamiz. 
Ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish. 
O‘qituvchi darsni o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialni ravshan anglabgina 
qolmay, uni aniq takrorlab ham bera oladigan, bilimlarni kelgusi o‘quv ishlarida va 
amalda qullay oladigan yo‘sinda tashkil etishi kerak. Bilimlarni mustaxkamlash va 
takomillashtirishda o‘quvchilar ularni dastlab qanday o‘zlashtirgan b o‘lsalar, 
xuddi shunday aytib berishlari, ularga aniqlik mukammallik kiritishlari lozim. 
Ta’limiy ishning ana shu boskichida yangi o‘quv materiali bilan ilgari 
o‘zlashtirilgan materiallarni o‘zaro chambarchas, o‘quvchilar yakkol tushunadigan 
y o‘sinda bog‘lash ularning fandan olgan bilim va ko‘nikmalarini boyitadi, 
kengaytiradi va yanada shakllantiradi. O‘qitish davriga, o‘rganilayotgan material 
mazmuniga qarab bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda 
takomillashtirish har xil didaktik maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin. O‘qitishning 
dastlabki boskichlarida, shuningdek, tasviriy materialni o‘rganishda bilimlarni 
mustaxkamlash va takomillashtirish eproduktiv harakterga ega bo‘lishi mumkin. 
bunda o‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi bergan namuna asosida bajaradilar, 
bilimlarni dastlab qanday idrok etgan b o‘lsalar, ana shu holda tatbiq qiladilar. 
SHundan keyin o‘quvchilar topshiriqlarga ijodiy yondoshadilar va o‘ziga xos 
yullar bilan bajaradilar,muammolarni xal qilishning yangi usullarini topadilar. 
Lekin bunday bilish faoliyati ularda muayyan bilimlar va ularni q o‘llash tajribasi b 
o‘lishini, sabab-natija bog‘lanishlarini chuqur tushunishni talab qiladi. 
O‘qituvchilarning bilim, k o‘nikma va malakalarini mustaxkamlash hamda 
takomillashtirish, asosan, ularning mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. 
O‘quvchilar maqsadga ongli va faol intiladilar, paydo b o‘ladigan qiyinchiliklarni 
biror kishining yordamisiz engadilar. O‘qituvchi mustaqil ishlashi uchun 
topshiriqlar touzadi, ularni bajarish tartibini rejalashtiradi,vaqti-vaqti bilan 
topshiriqlarning murakkiblik va kiyinlik darajasini o‘zgartirib turadi, ish vaqtida 
o‘quvchilarni k o‘zatib, zarur hollarda ularga yordam beradi. 


123 
Bilim ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirishni 
to‘g‘ri yo‘lga q o‘yish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini, darsga ma’suliyatli 
munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, xususan texnik fikrlashni rivojlantiradi. 
Texnik fikrlashning xususiyatlari o‘quv ishining metodik usullarini, xususan 
bilim, ko‘nikma vaa malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish tizimini 
belgilaydi. 
Bilim, 
ko‘nikma 
va 
malakalarni 
mustaxkamlash 
hamda 
takomillashtirish tizimi har xil mash g‘larni bajarish, o‘rganilgan materialni o‘quv 
mash g‘ulotlarida takrorlash va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdan iborat. 
Kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari tasniflagichi – o‘rta maxsus va kasb-xunar 
ta’limi muassassalarida kichik mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tayyorlov 
yo‘nalishlari kasblarining va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. 
Davlat ta’lim standartlari (DTC)-umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va 
Oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat 
ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim 
muassasalari uchun majburiydir. 
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti (bundan keyin OTDTC) kadrlar 
tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablar; ta’lim oluvchilar 
tayyorgarligining zaruriy va yetarli ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yilgan 
malakaviy talablar; o‘quv yuklamasining maksimal hajmi; ta’lim muassasalari 
faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda yo‘l-yo‘riqlarini 
belgilaydi. 
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti o‘quv jarayonini tartibga soluvchi, 
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholovchi me’yoriy 
hujjatlar: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura ixtisosliklari uchun Davlat 
ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalarni tayyorlash 
uchun asosdir. 
Kasb-hunar ta’limi tarmoq standarti – yo‘nalishlar bo‘yicha kichik 
mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni hamda pirovard 
maqsadlarini aniqlaydi, ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart 
sifatlari nazoratini belgilab beradi. 


124 
O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosiy me’yoriy hujjat 
tarmoq standarti hisoblanadi. Tarmoq standartlari asosida namunaviy o‘quv rejasi 
va namunaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi. Namunaviy o‘quv rejasi va 
namunaviy o‘quv dasturlari asosida esa kollejda ishchi ( ichki) o‘quv rejasi va 
ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.
Tarmoq standartining umumiy tuzilmasi: 
1) qo‘llanish sohasi; 
2) me’yoriy xujjatlar; 
3) standartning maqsad va vazifalari; 
4) ta’riflar; 
5) kasbiy tavsifnoma; 
6) kasbiy faoliyatning tarkibiy parametrlari; 
7) kasbiy faoliyatning mazmuniy minimumi; 
8) ta’lim dasturining tarkibi va mazmuni; 
9) standart talablarining bajarilishini nazorat qilish. 
O‘quv reja – har bir mutaxassislik bo‘yicha malaka va davlat ta’lim 
standartlarida keltirilgan talablarni ta’minlovchi muayyan ta’lim yo‘nalishi 
bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va 
semestr davomida o‘rganishning izchilligi hamda soatlaridagi qatnashishini 
belgilaydigan hujjat. O‘quv rejasiga kirgan fanlar mazmunini o‘quv dasturlari va 
mavzular rejasi tashkil etadi.
Kasb hunar ta’limida o‘quv rejasining tuzilishi quyidagicha: 
1) tayyorlov yo‘nalishining nomi va kodi; 
2) kasbi va ixtisosliklari nomi va kodlari; 
3) o‘quv jarayoni jadvali (nazariy va amaliy ta’lim, ta’til, ishlab chiqarish 
amaliyoti, davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi); 
4) fanlarning nomi; 
5) ajratilgan soatlar (nazariy, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar, kurs 
ishi, mustaqil ishlar); 
6) semestrlar va haftalar bo‘yicha soatlar taqsimoti


125 
7) o‘quv amaliyoti;
8) ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti; 
9) davlat attestatsiyasi; 
10) kollej ixtiyoridagi soat. 
O‘quv predmeti – ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, 
ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan tanlab olingan bilim, ko‘nikma, 
malaka va shaxsiy fazilatlar tizimidir. 
Dastur-o‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan 
o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida 
mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir. 
O‘quv dasturi - shu nom bilan nomlangan o‘quv predmetiga tegishli bo‘ladi.
O‘quv dasturlarining tarkibi quyidagicha: 
1) kirish; 
2) nazariy mashg‘ulotlar mazmuni; 
3) amaliy mashg‘ulotlar mazmuni; 
4) mustaqil ishlar namunaviy mavzulari; 
5) fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasining tarkibi; 
6) o‘qitishning texnik va didaktik vositalari; 
7) o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling