A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


kirish (qo`llanmaning ma'lum nomlanishi, uning bo`limi, qismi, mavzusi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

kirish (qo`llanmaning ma'lum nomlanishi, uning bo`limi, qismi, mavzusi 
ko`rsatilgan holda vazifani qo`yish);
bayon etish (topshiriqni echish jarayoni, isbot yo`llari, muhokama va 
boshqalar);
xulosa (qo`yilgan topshiriqni echishning tizimlashgan va argumentlangan 
natijasi).
O`quv jarayoni ta'limning oxirgi natijalariga erishish maqsadida 
o`qituvchi va o`quvchining maqsadli faoliyatidir.
O`quv jarayoni – o`zaro bog`langan elementlardan tashkil topgan 
murakkab pedagogik tizimni: maqsadi, mazmunini, shakli, uslubi va o`qitish 
vositalarini namoyon qiladi. O`qitishning psixologik – pedagogik qonunchiligiga 
bo`ysunadi, ta'limning didaktik tamoyillariga kat'iy rioya qilishni talab qiladi.
O`quv rejasida ko`rsatilgan fanlar ularni o`rganish tartibi, har bir o`quv 
faniga ajratilgan vaqt, konsultatsiya va imtixonlar barcha o`quv guruhlari uchun 
majburiydir.
O`quv rejasi o`quv yurtining turi, maqsadi va vazfalarini, o`quvchilarning 
soni va o`qish muddatini belgilovchi davlat hujjatlari asosida ishlab chiqiladi.
O`quv rejasiga kirgan hujjatlarni malaka tavsifnomasi, mavzular rejasi va 
o`quv dasturlari tashkil etadi.
Oliy ta’limning birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta 


136 
maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksiz va uzviylik ta’minlanishini inobatga 
olgan holda ishlab chiqilishi va talabalarning quyidagi majburiy fanlar bloklarini 
o‘zlashtirishni nazarda tutishi zarur: 
- gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy
- matematik va tabiiy-ilmiy; 
- umum kasbiy; 
- ixtisoslik; 
- qo‘shimcha; 
Kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikma va malakalarni ta’lim dasturlari 
bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini ko‘zda tutib, ishlab chiqilishi va 
talabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi 
zarur: 
- umummetodologik fanlar: 
- mutaxassislik fanlari; 
- ilmiy faoliyat. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni rejalashtiruvchi, asosiy hujjat o‘quv 
rejalari hisoblanadi. O‘quv rejasi kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya 
jarayonini samarali tashkil etishni, o‘quv fanlarini alohida o‘rganish sur’atini 
ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. 
O‘quv rejasi – har bir yo‘nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomonidan 
tasdiqlanadi. Unda quyidagilar o‘z ifodasini topadi: 
1. tayyorlov yo‘nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi; 
2. o‘qish muddati; 
3. tugatgandan so‘ng olinadigan akademik darajasi; 
4. ta’lim shakli; 
5. o‘quv davrining taqsimoti (jadvali); 
6. o‘quv jarayonining rejasi. U quyidagilardan iborat: 
a) o‘rganiladigan o‘quv predmetlari; 
b) har bir o‘quv predmetini o‘rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt 
miqdori; 


137 
c) o‘rganish uchun ajratilgan vaqtni-ma’ruza amaliy mashg‘ulot, 
laboratoriya ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va mustaqil ta’limga 
qanday miqdorda taqsimlanganligi; 
d) o‘quv predmetini qaysi bosqich, semestrlarda haftasiga qancha 
soatdan o‘rganish tartibi; 
7. davlat attestatsiyasi; 
8. tanlov fanlarining ro‘yxati; 
9. izoh kabilar. 
O‘quv rejalari mazmuni va tuzilishiga mos holda quyidagi omillarga 
e’tiborni qaratmoq lozim: 
- ta’lim va tarbiyaning maqsadli yo‘naltirilganligiga; 
- mehnat va ishlab chiqarish jarayonining tuzilishiga; 
- ta’lim- tarbiya jarayonining qonuniyatlariga. 
O‘quv 
rejalarini 
ishlab 
chiqishda 
bo‘lg‘usi 
mutaxassislarda 
shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o‘rganilayotgan o‘quv
fanlari miqdoriga va o‘rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborga tutmoq 
lozim. Bo‘lg‘usi mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarining shakllanishini, har 
bir fanni bosqichma-bosqich o‘rganishlari chuqurligi, qulay va muhimligini ham 
nazarda tutishi kerak bo‘ladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling