A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


B). Juftlikda / hamkorlikda ishlash


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

B). Juftlikda / hamkorlikda ishlash 
Bu o‘quv mashg‘uloti - o‘qitishning dialogga ko‘mak-lashuvchi ijtimoiy 
shaklidir. U muvofiqlashtirish qobiliyatini o‘rganishga yordam berishi hamda fikr 
almashish va o‘zaro yordam tufayli qiziqtirishni va natijani yaxshilash mumkin. 
Bu shaklda o‘qitishni qisqa muddatda ham qo‘llash mumkin. Juftlikda / 
hamkorlikda ishlashda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarga 
kutilmaganda vaqtga bo‘lgan ehtiyojning oshishi, talabaning bajarilgan ishga 
qo‘shgan shaxsiy hissasiga nisbatan yetarlicha baholanmaganligi yoki 
talabalarning ishga / mazmunga bog‘liq bo‘lmagan mavzular bilan bandligi kiradi. 
Buni bartaraf etish uchun o‘qituvchi talabalardan bajarilgan ish natijalari 
to‘g‘risida hisobot so‘rashi, zarur hollarda o‘zining fikrini bildirishi va natijani 
izohlashi lozim.
D). Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash zamonaviy 
ta’limning eng samarali shakli hisoblanadi:
- bu o‘qitish shaklida bir necha kishi (guruhning maqbul miqdori – 3-7 
kishi) guruhning yagona maqsadini ko‘zda tutgan holda masala va muammolarni 
mustaqil yechadi, guruhda barcha talabalar o‘zaro munosabatda bo‘ladi; 
- guruhda ishlashning shakllari. 


130 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Mashg‘ulotning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir
. Ilmiylik deganda 
nimani tushunasiz? O‘z fikringizni bildiring. 
2. Nima uchun mashg‘ulotni ijodiy jarayon deydilar?
3. Nima uchun mashg‘ulotni jamoaning mehnati jarayoni deb aytadilar? 
4. Mashg‘ulotning ichki va tashqi belgilariga nimalar kiradi? 
5. Mashg‘ulotga qo‘yiladigan didaktik talablar haqida nima deya olasiz? 
6. Mashg‘ulotga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga nimalar kiradi? 
7. Mashg‘ulotga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga nimalar kiradi? 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling