A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

O`quv rejasi - bu davlat hujjati bo`lib, mazkur o`quv muassasida o`quv  
tarbiyaviy jarayonning mazmunini, hajmini, turini, ketma-ketligini, davrini va 
muddatini aniqlab beradi. Bu hujjatda ko`rsatilgan o`quv fanining ro`yxati, 
ularni o`rganish ketma-ketligi, soatlar miqdori, maslahat va imtihonlar, 
shuningdek imtihonlar ro`yxati har bir guruh uchun majburiy hisoblanadi va uni 
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi ruxsatisiz 
o`zgartirib bo`lmaydi.
O`quv rejasi o`ziga umumta'lim va professional- texnik ta'lim zanjirini 
biriktiradi va bu fanlar bo`yicha fan tartibi, haftadagi soatlar miqdori, ta'lim 
davri keltiriladi. Barcha bu tavsiflar soatlar setkasida namoyon bo`ladi.
O`quv soatlari taqsimoti – o`qitiladigan o`quv predmetining zanjirlar 
bo`yicha ro`yxatini va o`quv yo`qlamasining haftadagi, yarim yillikdagi, o`quv 
yilidagi va butun ta'lim davridagi muddatining soatlardagi qiymatini o`rnatadi.
Umumlashtirilgan mavzular rejasi – ishlab chiqarish mavzusini va 
o`quv yili strukturasi (O`quv mashg`ulotlar, imtihonlar, ta'til va h. k. ) ni 
muvofiqlashtiradi.


135 
Fanlarning o`quv dasturlari  bu davlat hujjati bo`lib, nazariy va ishlab 
chiqarish ta'limining mavzularini o`rganishda mazmunini, majburiy hajmini
ketma-ketligini aniqlab beradi. O`quv dasturi har bir o`quv rejasi uchun ishlab 
chiqiladi.
Darslik – ma'lum soha bo`yicha o`quv hujjatlari asosida tuziladi. Unda 
ma'lum predmet bo`yicha ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadi.
O`quv qo`llanma – bosma, grafikaviy tasviriy va boshqa materiallardan 
iborat bo`lib, ta'lim va tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun mo`ljallanadi. 
O`quv qo`llanmasining namunali varianti (yoki uning qismi) quyidagilarni 
ko`zda tutadi:

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling