A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Yangi o`quv reja va dasturlarida


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Yangi o`quv reja va dasturlarida materiallar o`quv yillari bo`yicha 
taqsimlangan ikkinchi darajali materialllar chiqarib tashlangan, o`quvchilarning 
yangi texnika bo`yicha bilim va malakalar bilan qurollantirish, o`quv 
ustaxonalarida, laboratoriyalarida o`qitish, yangi texnologik jarayonlar bilan 
tanishtirish ko`zda to`tilgan. Asosiy e'tibor ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, 
mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash ishlariga qaratilgan.


138 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1. O’quv rejasi ta'lim oluvchi bilimi va kasbiy tayyorgarlik mazmunining yetarli va 
zarur darajasini ta'minlaydigan o’quv jarayoni va o’quv yuklamalari hajmi
muddatlari va tayyorlanuvchi mutaxassis sifati, nazorat shakllarini belgilab 
beruvchi huquqiy-me'yoriy hujjatdir. Isbotlab bering. 
2. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun mo’ljallangan yangi o’quv 
rejalari nechta blokdan iborat qilib tuzilgan?
3. Davlat ta'lim standartlari asosida qaysi hujjatlar ishlab chiqiladi? 
4. Kasb-hunar ta’limi tarmoq standartining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 
5. O`quv rejasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
6. O`quv soatlari taqsimoti haqida nima deya olasiz? 
7. Darslik va o`quv qo`llanmaning  asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8. Kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikma va malakalarning asosiy vazifalari
nimalardan iborat? Izohlab bering. 
10.2. Namunaviy o‘quv dasturlari va ularning kasbiy ta’limdagi 
ahamiyati, dasturlarni tuzish tartibi va unga qo‘yiladigan asosiy 
talablar 
Tayanch so‘z va iboralar:
O‘quv dasturi

o‘quv predmeti, xujjat asosini tasvirlash, o’zlashtirilish 
usullari, axborot manbalari, talablarni qanoatlantirish, o‘quv dasturlarining 
tuzilishi, fanlar bloklari, bloklarni o‘zlashtirilish.
Ta’lim standartlarida belgilab berilganidek umumiy va maxsus talablar, 
bilim va ko‘nikmalar, o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va maxsus fanlarda o‘zaro 
uzviyligini ta’minlash, fan dasturlarini zamon talablariga mos ravishda oddiydan 
murakkabga qarab tuzib chiqish, har bir fan dasturlarining mavzulariga mos 
ravishda qo‘shimcha ko‘rgazmali qurollar yaratish-o‘qituvchilarga murakkab 


139 
vazifalarni qo‘yadi, talabalarning esa nazariy bilimlarini shakllantirib boradi. 
Kichik mutaxassislar tayyorlashga qo‘yilgan talablarning xujjatli asosini 
tasvirlaydigan o‘quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to‘liq va aniq 
belgilanishi talab qilinadi. To‘liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yetarli elementlarni kiritish tushuniladi. 
Aniqlik deganda real o‘quv jarayonida berilgan mazmunni joriy qilish yo‘lini 
ko‘rsatadigan elementlar va belgilar tasavvurlanadi. 
O‘quv dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish o‘qitish 
jarayonini takomillashtirish va mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali 
kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. 
Dastur o’quv predmetining mazmuni, uni o’quvchilar tomonidan 
o’zlashtirilishining 
eng 
maqbul 
usullari, 
axborot 
manbalarini 
o’zida 
mujassamlashtiruvchi me'yoriy hujjatdir. O’quv dasturlari namunaviy va ishchi 
turlarga bo`linadi. Namunariy o’quv dasturi shu o’quv predmetiga oid ishchi o’quv 
dasturi, yillik taqvimiy mavzular rejasi, darslik va o’quv-metodik qo’llanmalar va 
didaktik materiallar ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
O‘quv dasturlari qo‘yidagi talablarini qanoatlantirishi kerak: 
1) fan tarixi, rivojlanishining xususiyatlarini aks ettirish, fanga ulkan hissa 
qo‘shgan olimlar va tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish; 
2) fanning hozirgi darajasiga muvofiq bilim berish; 
3) insonparvarlik, elparvarlik va ezgulik g‘oyalariga amal qilish; 
4) rivojlanayotgan davlatlarda amalda bo‘lgan yoki ishlab chiqilayotgan 
mutanosib o‘quv dasturlariga nisbatan ilg‘orlik; 
5) Markaziy Osiyoda yashagan yoki faoliyat ko‘rsatgan, o‘zbek tilida ijod 
qilgan olimlar va tarixiy shaxslarning fan rivojlanishiga qo‘shgan hissasini chuqur 
va ilmiy asoslangan tarzda bayon qilish; 
6) fan haqida tizimli, mantiqiy muqobil hamda umumiy o‘rta va oliy ta’limga 
taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan muvofiqlashtirilganlik; 
7) o‘quvchilarni fanga qiziqtirish va qiziqishini o‘stirish, osondan murakkab 
tomon bayon uslubini qo‘llash; 


140 
8) fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘laydigan 
metodikasiga rioya qilish; 
9) O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘lidan rivojlanish strategiyasi va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, novatorlik, pedagogik 
texnologiyalar, ta’lim sohasi innovatsiyalariga ochiqlik. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling