A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
 
O’quv maqsadi 
O‘quv rejalari, dasturlari,namunaviy o‘quv 
dasturlari va ularning kasbiy ta’limdagi axamiyati 
ma’ruza matni, o‘quv qo`llanma va darsliklar, 
ularning tuzilishiga qo‘yiladigan asosiy talablar
ga 
oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish

 


132 
3. Maxsus fanlar (20 % = 1346/946 soat); 
4. O’quv amaliyoti (10.1 % = 661/465 soat); 
5. Ishlab chiqarish amaliyoti (14.2 % = 921/648 soat); 
6. Davlat attestatsiyasi (1.6 % = 102/72 soat); 
7. Kasb-hunar kolleji ixtiyoridagi vaqt (2.5 % = 165/80 soat). 
Akademik litseylar uchun (100 % = 6480/4560 soat): 
1. Umumta'lim fanlari (25.8 % = 1673/1178 soat); 
2. Chuqurlashtirilgan fanlar (42.6 %.= 2760/1942 soat); 
3. qo’shimcha chuqurlashtirilgan fanlar (16.2 % = 1053/740 soat); 
4. Maxsus fanlar (3.3 % = 210/148 soat); 
5. Fakultativ kurslar (5 % = 324/228 soat); 
6. Yakuniy va davlat attestatsiyasi (5.5 %=358 x 252 soat); 
7. Kasbiy tayyorgarlik amaliyoti (1.6 % = 102/72 soat vakt). 
Bizning fikrimizcha, o’quv rejalaridagi bloklarga qat’iy emas, balki ma`lum 
oraliqdagi vaqt miqdorini belgilash maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Davlat ta'lim standartlari asosida o’quv rejalari ishlab chiqiladi. O’quv rejasi 
har bir yo’nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Unda 
quyidagilar o’z ifodasini topadi: 
1. tayyorlov yo’nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi; 
2. o’quv muddati;
3. tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi; 
4. ta'lim shakli; 
5. o’quv davrining taqsimoti (jadvali); 
6. o’quv jarayonining rejasi; 
7. o’rganiladigan o’quv predmetlari: har bir o’quv predmetini o’rganish uchun 
ajratilgan umumiy vaqt miqdori; 
8. o’rganish uchun ajratilgan vaqtni ma'ruza, amaliy mashg’ulot, laboratoriya 
ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va mustaqil ta'limga qanday nisbatda 
taqsimlanganligi; 


133 
9. o’quv predmetini qaysi bosqichda, semestrlarda haftasiga qancha soatdan 
o’rganish tartibi; 
10. davlat attestatsiyasi. 
11. tanlov fanlarining ro’yxati; 
12. izoh kabilar. Shu o’rinda o’quv rejalarining tayanch, namunaviy va ishchi 
turlari bo’lishi mumkinligini yodda tutib, ularni bir-biridan farqlay olish zarur. O’quv 
rejalari o’z navbatida o’quv dasturlarini ishlab chiqishga asos bo’lib xizmat qiladi. 
O‘quv rejalari mazmuni va tuzilishiga mos holda quyidagi omillarga 
e’tiborni qaratmoq lozim: 
- ta’lim va tarbiyaning maqsadli yo‘naltirilganligiga; 
- mehnat va ishlab chiqarish jarayonining tuzilishiga; 
- ta’lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlariga. 
O‘quv 
rejalarini 
ishlab 
chiqishda 
bo‘lg‘usi 
mutaxassislarda 
shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o‘rganilayotgan o‘quv fanlari 
miqdoriga va o‘rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborga tutmoq lozim. 
Bo‘lg‘usi mutahassislarning bilim va ko‘nikmalarini shakllanishini, har bir fanni 
bosqichma-bosqich o‘rganishlari chuqurligi, qulay va muhimligini ham nazarda 
tutishi kerak bo‘ladi. 
O’quv dasturi shu nom bilan nomlangan o’quv predmetiga tegishli bo’ladi. 
O’quv predmeti ta'lim muassasasida o’rganish uchun fan-texnika, san'at ishlab 
chiqarish faoliyatini muayyan sohasidan tanlab olingan bilim, ko’nikma, malaka va 
shaxsiy fazilatlar haqidagi ma'lumotlar tizimidir. 
Ta’lim standartlarida belgilab berilganidek umumiy va maxsus talablar, bilim 
va ko‘nikmalar, o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va maxsus fanlarda o‘zaro 
uzviyligini ta’minlash, fan dasturlarini zamon talablariga mos ravishda oddiydan 
murakkabga qarab tuzib chiqish, har bir fan dasturlarining mavzulariga mos 
ravishda qo‘shimcha ko‘rgazmali qurollar yaratish-o‘qituvchilarga murakkab 
vazifalarni qo‘yadi, o‘quvchilarning esa nazariy bilimlarini shakllantirib boradi. 
Kichik mutaxassislar tayyorlashga qo‘yilgan talablarning hujjatli asosini 
tasvirlaydigan o‘quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to‘liq va aniq 


134 
belgilanishi talab qilinadi. To‘liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yetarli elementlarni kiritish tushuniladi. 
Aniqlik deganda real o‘quv jarayonida berilgan mazmunni joriy qilish yo‘lini 
ko‘rsatadigan elementlar va belgilar tasavvurlanadi. 
O‘quv dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish o‘qitish 
jarayonini takomillashtirish va mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali 
kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kasb-hunar ta’limi tarmoq standarti – yo‘nalishlar bo‘yicha kichik 
mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni hamda pirovard 
maqsadlarini aniqlaydi, ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart 
sifatlari nazoratini belgilab beradi.
Ta'lim muassasasida o`qitishning mazmunini aniqlovchi asosiy hujjat-o`quv 
rejasi va dastur hisoblanadi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling