A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi. O‘quv sharoitlarida
ko‘pincha ko‘nikma va maxoratlarni shakllantirish uchun ishlab chiqarish xaqiqiy vositalardan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi. Maxsus tajriba maydonlariga turli xil avtotransport vositalari bilan jixozlangan maydonchalar, qurilish mashinalari va mexanizmlari bilan jihozlangan o‘quv-qurilish maydonchalari, harakatlanuvchan katta yukli kranga ega bo‘lgan ochiq maydonchalar, geologik va geodezik ishlar uchun o‘quv maydonchalari va xokazolar kiradi. Maxsus-tajriba - o‘quv maydonchalarida kasb-xunar kollejlari yo‘nalishlariga qarab, masalan, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maydonchasida – qishloq xo‘jalik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar, maishiy xizmat kasb-hunar kollejida – tikuvchilik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar amalga oshiriladi. O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha mashg‘ulotlar. O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi – talabalar o‘quv va ishlab chiqarish faoliyati ko‘lamini kengaytirishning muxim shartlaridan biridir. O‘quv ustaxonalarida ishlash o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiradi, chunki o‘qitish sharoitlari ishlab chiqarish sharoitlariga yaqin va talabalarga murakkab maxsulot ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirish imkonini beradi. Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalarida mashg‘ulotlar. Talabalarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad – ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilgor ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash va shular asosida kasb-hunar kollejlarini 151 tugatgandan so‘ng ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatishdan iboratdir. Talabalarni korxona ustaxonalarida o‘qitish – malakasi kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi xal qiluvchi davr hisoblanadi. Bu yerda talabalar ishlab chiqarish holati, yangi jixozlar va texnologik moslamalar, zamonaviy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar. Korxonada ishlab chiqarish ta’limi talabalarning kompleks ishlarni bajarishda muxim ko‘nikmalarni mustahkamlashlari va takomillashtirishlariga, texnologik jarayonlarni rejalashtirish mahoratiga ega bo‘lishlariga, turli maxsulotlarning assortimentlari bilan keng tanishib chiqishlariga yo‘naltirilgan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling