A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Ma`ruzaning ichki va tashqi belgilari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Ma`ruzaning ichki va tashqi belgilari. Ma`ruza dars berishning boshqa 
shakllaridan o‘zining ichki va tashqi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Muayyan 
yoshdagi va ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhi, rejim, 
mashg‘ulotlarni ma’lum xonada o‘tkazish kabilar ma`ruzaning tashqi xususiyatlari, 
ma`ruzaning maqsadi, logikasi, ta’lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, 
tushunish uning ichki xususiyatlari sanaladi. Ma`ruza ana shu ikki xil - tashqi va 
ichki xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi. 
Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o‘quvchilarning doimiy jamoasi 
bilan ma’lum xona, rejim, jadval, ilmiy - pedagogik asoslangan dastur asosida 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotga ma`ruza deyiladi. 


173 
Ma`ruzaga qo‘yiladigan didaktik talablar. Ta’limning boshqa shakllariga 
o‘xshab ma`ruzaga ham qator didaktik talablar qo‘yiladi. Yu.K.Banbanskiy, 
N.A.Sorokin ma`ruzaga qo‘yiladigan talablarni uch guruhga ajratishadi: didaktik 
talablar, tarbiyaviy talablar, tashkiliy talablar. 
Didaktik yoki ta’limiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi: 
1. Har bir ma`ruzaning ma’lumot berish, rivojlantirish, tarbiyaviy maqsadini 
aniq belgilash, uning ma`ruzalar tizimidagi o‘rnini qat’iy aniqlash.
2. Ma`ruzalarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, 
shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish. 
3. Ma`ruzani tashkil eitshga oid ratsional ta’lim metodlarini interfaol usullarini 
tanlash, o‘quvchilar faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil 
ishlarni ta’limga optimal tatbiq etish. 
4. Ta’lim prinsiplarini (ilmiylik, faollik, izchillik, predmetlararo aloqa va sh 
.k.) og‘ishmay amalga oshirish. 
Ma`ruzaga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi: 
1.Ma`ruzada o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar 
chiqarish. 
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. 
3.Bolalarda o‘qishga oid motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish o‘rganishga havas 
ishtiyoq qiziqishni shakllantirish. 
4.Ma`ruza jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. 
Ma`ruzaga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1.Ma`ruza uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish. 
2.Ma`ruzaning logikasiga (ma`ruza etaplarining o‘zaro bog‘liqligi ma`ruzada 
amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga rioya 
qilish). 
3.Ma`ruza tempini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish. 
4.Ma`ruza uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish. 
5.Ma`ruzada ongli intizomni tashkil etish. 


174 
Ma’ruza - o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli hisoblanib, quyidagi 
vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi: 

yo‘naltiruvchilik-o‘quvchilarni o‘quv materialining asosiy holatlariga, uni 
kelgusi ish faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon 
beradi; 

axborotlilik- o‘qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va 
xulosalar mohiyatini ochib beradi

metodologiklik- ma’ruza vaqtida o‘qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy 
izlanishning asoslari namoyon etiladi; 

tarbiyalovchilik-ma’ruza o‘quv materialiga hissiy-baholash munosabatida 
bo‘lishni uyg‘otish; 

rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, ya’ni mantiqiy fikrlash va 
isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling