A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy metodlar.
Ko‘rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan
ko‘rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan o‘quv materialini o‘zlashtirish formalari tushuniladi. Ta’limning ko`rgazmali vositalari bilimlarni o‘rganish va o‘zlashtirish xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallari namunalari ko‘rsatilishi 167 mexanizmlarining ishlashi virtual yoki model orqali, yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayon videotasviri namoyish qilinishi mumkin, deylik. Asosiy maqsad dars mazmuni, albatta. O‘qituvchi esa, qo‘shimcha tuzatish kiritishi mumkin xolos. Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko‘rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki, esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollar bilimlarni tizimiga solish va boyitishda, shuningdek talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi. Ta’limning ko‘rgazmali metodlari talabalarning bilim faoliyatida obrazli va mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur tushunishni talab etadi. Amaliy metodlar. Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba ishlari asosida o‘quv materialini egallash formalari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunda ko‘nikmani shakllantirish jarayoni o‘quv faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ko‘nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog‘liq. Birinchi shart-ko‘nikma nima maqsadda shakllantirilishini anglashdir. Har qanday ko‘nikma-avtomatlashgan darajaga yetkazilgan harakatlar tizimidir. Agar talaba o‘quv materialini o‘zlashtirishda ularning ahamiyatini tushunmasa, bu harakatlarni shakllantirish qiyin bo`ladi. Masalan: tikuv mashinasi kiyimni qaysi qismlarini tikishga mo‘ljallanganligini va buning uchun kiyim materialiga mos ravishda ip va ignalar tanlanishi tartibini bilmasa, shu ishlarni bajarishdagi harakatlarini shakllashtirish qiyin bo‘ladi. Ikkinchi shart-mashqlarning tizimli bo‘lishi. Odatda ko‘nikmalarni egallashdagi kamchiliklarga o‘quv mashqlari tizimini tashkil etish va o‘tkazishdagi kamchiliklar sabab bo‘ladi, ya’ni mashqlarni o‘tkazish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlanmaganligi. 168 Uchinchi shart-amaliy harakatlarni anglagan holda bajarish. Talabalar harakatlarning muayyan fikriy rejasiga asoslanishlari, ish jarayonlarining izchilligini yaxshi tushunishlari, mexanik tarzda takrorlashga va yodlab olishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. To‘rtinchi shart-dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko‘nikma tezroq muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar nazariy bilimlarini yaxshi egallashlari kerak. Beshinchi shart-mashqlarni mustaqil bajarish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish. Talaba ko‘nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o‘z harakatlarini nazorat qiladi. O‘qituvchi talabaga o‘z-o‘zini nazorat qilish usullarini o‘rgatishi zarur. Masalan, talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o‘rgangandan keyin, uyda o‘zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o‘rganadi. Oltinchi shart-bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash. O‘quv ko‘nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo‘ladi. Talabalar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar namoyon bo‘ladi. Lekin sinfda yaxshi ishlarni namoyish qilish kerak. Ijobiy namuna asosida o‘qitish afzalroqdir. Agar ko‘nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o‘qitishning amaliy metodlari o‘quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi. O‘quv maqsadlarning noaniq qo‘yilishi, shu bilan bog‘liq o‘qitishdan kutilgan natijalarga erishishning noaniqligi, an’anaviy o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta’lim muassasasi, o‘qitishdan kutiladigan natija yo‘qligidek, ortiqcha daxmazaga yo‘l qo‘ya olmaydi. O‘qitish natijasi aniq va maqsadga erishiladigan bo‘lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj ham noaniq bo‘ladi va ular talab qilib olinmaydi. An’anaviy o‘quv jarayoniga tayangan oliy ta’lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo‘lmaydi. Shuning uchun, o‘quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o‘qitish natijalarini kafolatlanishning eng samarali yo‘llarini izlash ishlari uzluksiz davom 169 ettirilmoqda. O‘qitish sifatini oshirish, ob’ektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, alohida o‘qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o‘tish muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O‘qitish amaliyotida, o‘qitishning turli tuman yo‘llari, usullari va shakllari keng qo‘llaniladi. Ammo, o‘qitishda yagona samarali (integral) yondashuvni izlash jadallik bilan hamon davom ettirilmoqda. O‘qitishni, o‘ziga xos ishlab chiqarish, texnologik jarayonga aylantirilishi mumkin bo‘lgan didaktik yondashuvlar, didaktik vositalarni izlash davom etmoqda. O‘qitish texnologiyasi kasbiy yondashuv asosida aniqlanadi. Ular odatda, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari hisoblanadi. «Pedagogik texnologiya» atamasi, ishlab chiqarish - texnologik sohasidan olingan, o‘ziga xos ma’lum qoida va tamoyillarga ega bo‘lgan, «texnologiya» tayanch iborasini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni tayyorlash uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi. Ishlab chiqarishni tayyorlashning birinchi bosqichida ilmiy-tadqiqotlar natijasi bo‘yicha konstruktorlik tayyorgarligi amalga oshiriladi, ta’limda esa, davlat ta’lim standartlari (ta’lim sohasi «konstruksiyasi»ni aniqlovchi) tayyorlanadi. Ishlab chiqarishni tayyorlashning ikkinchi bosqichida konstruktorlik tayyorgarlik ishlari bajarilgandan so‘ng ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi amalga oshiriladi, uning o‘zagini – detallarini tayyorlash, mashina uzellari va agregatlarini yig‘ish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni tashkil etadi. Texnologik jarayonlar – texnologik xaritalar va ularning to‘plamlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Texnologik jarayonning texnologik xarita ko‘rinishida aks ettirilishi, yuqori malakaga ega bo‘lmagan ishchiga, yuqori sifatli mahsulot tayyorlash imkoniyatini yaratadi, chunki texnologik xaritada mahsulot tayyorlashning barcha bosqichlari – materiallar, tayyorlash, jihozlar, texnologik operatsiyalar mazmuni va ketma-ketligi, ishlov berish sharoitlari, asboblar, vaqt me’yorlari, sifat nazorati vositalari keltiriladi. Ishlab chiqarish - texnologik 170 jarayon, - eng kam va modiy ham insoniy resurslar xarajatlari ishlab chiqarishning eng yuqori mehnat unumdorligi va rentabelligi bilan zaruriy sifatdagi mahsulot olinishiga imkoniyat yaratadi. Texnologik jarayonni ishlab chiqmasdan, zamonaviy samarali ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin emas. Ishlab chiqarish sohasiga o‘xshab, ta’lim sohasida davlat ta’lim standartlari yaratilgandan so‘ng (ta’lim «konstruksiya»si barpo etilishi) – texnologik tayyorgarlik amalga oshiriladi (namunaviy o‘quv rejalar, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, laboratoriya jihozlari, o‘qitishning texnik vositalarini loyihalash, tayyorlash va sotib olish, o‘quv ishlarini hisoblash uchun vaqt me’yorlarini o‘rnatish va h.k.), u ta’lim jarayonini tartibga soladi, ta’lim muassasasini va kadrlar tayyorlash sifatini baholaydi. Pedagogik texnologiya negizida, pedagogik ilmiy usul va malakalar, ishlab chiqarishning usul va malakalaridek, o‘quv jarayonini ro‘yobga chiqaruvchi ob’ektiv mantiqiy imkoniyatlar sifatida mavjud bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasavvur yotadi. Ishlab chiqarish sohasida ushbu imkoniyatlar qanday ro‘yobga chiqarilsa, pedagogik jarayonda ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘ladi. Yuqori malakali pedagog o‘zining pedagogik qobiliyati tufayli bu imkoniyatlarni aniqlaydi va ularni ishlab chiqadi. O‘qitish jarayonining mavjud ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganish va qo‘llash, o‘qitishda zaruriy natijaga erishish, ma’lum darajada, hattoki pedagog va talabaning qobiliyatiga bog‘liq emas degan xulosaga olib keladi. Pedagogik jarayon qanchalik chuqur ishlangan va ob’ektlashgan bo‘lsa, uni ro‘yobga chiqarish uchun, shunchalik kam qobiliyat talab etiladi. Ushbu, ommaviy ta’limning butun amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi. Bundan tashqari kompyuterli o‘qitishni joriy etish amaliyoti, odamni bevosita ishtirok etmasligida ham, o‘qitishning usullari va uslublari tizimini amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 171 Pedagogik texnologiyaning xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni yaratiladi va ro‘yobga chiqariladi. Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, ahamiyati ham shu bilan belgilanadi. Bu ommaviy o‘qitish sharoitida, talabalarni to‘la o‘zlashtirishini ta’minlovchi yagona to‘g‘ri yo‘ldir. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling