Milliy o‘quv dasturni 1-, 2- sinflarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha pedagog kadrlar uchun maqsadli o‘quv-seminar O‘quv reja va dasturi


Download 86.87 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi86.87 Kb.
#1552384
Bog'liq
Milliy o‘quv dasturni 1-, 2- sinflarda

Milliy o‘quv dasturni 1-, 2- sinflarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha pedagog kadrlar uchun maqsadli o‘quv-seminar   O‘QUV REJA VA DASTURI

1-kun: Ta’lim mazmuni




Mavzular nomi

Jami

1

Umumiy o‘rta ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida

2

2

Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi mazmun-mohiyati

2

3

1-, 2-sinflar uchun darslik va o‘quvchi mashq daftarini amaliyotda qo‘llash

2

4

O‘quv-tarbiya jarayonini o‘qituvchi kitobi asosida sifatli tashkil etish amaliyoti

2

2-kun: O‘qitish metodologiyasi




Mavzular nomi

Jami

1

O‘qitish va ta’lim olishning zamonaviy texnologiyalari va metodlari to‘g‘risida

2

2

O‘quvchilarda amaliy ko‘nikamalarni rivojlantirishda fanlararo integratsiyani ta’minlash

2

3

O‘quv-tarbiya jarayonida o‘quv-didaktik resurslardan samarali foydalanish: metodist.uz

2

4

Dars mashg‘ulotini rejalashtirish (dars ishlanma tayyorlash) va sifatli tashkil etish amaliyoti. Refleksiya

2

3-kun:O‘quv faoliyati natijalarini baholash metodologiyasi




Mavzular nomi

Jami

1

O‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini baholash metodologiyasi

2

2

O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari

2

3

O‘quv topshiriqlarini tayyorlash va amaliyotda qo‘llash

2

4

O‘quvchilar natijalarini baholash va ta’lim sifati monitoringi

2

1-kun: Ta’lim mazmuni 1-mavzu:Umumiy o‘rta ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida (2soat). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori ijrosi hamda “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 9-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturining dastlabki loyihasini tasdiqlash va tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi298-sonli buyrug‘iijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar, ya’ni Milliy o‘quv dasturi komponentlari mazmun-mohiyati haqida

2-mavzu:Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi mazmun-mohiyati Umumiy o‘rta ta’limning 1-,2-sinflarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturi komponentlari, ya’ni o‘quv predmeti va uning fanlararo integratsiyasi, fanni rivojlantirish konsepsiyasi mohiyati. Fan blok-modullari bo‘yicha o‘quvchilarda shakllantiriladigan va rivojlantiriladigan fanga oid umumiy kompetensiyalar va ular asosida rivojlantiriladigan tayanch kompetensiyalar tavsifi. Shuningdek, har bir sinf kesimida o‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar va ularning kodlari. O‘quv dasturlari mazmuni, mavzular va ularga ajratilgan soatlar hajmi, mavzuiy rejalashtirish.

3- mavzu: 1-, 2-sinflar uchun darslik va o‘quvchi mashq daftarini amaliyotda qo‘llash Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan 1-, 2- sinf o‘quvchilari uchun darslik va o‘quvchi mashq daftari loyihalarining mazmuni va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Darsliklarda berilgan QR-kod va ARlardan foydalanish amaliyoti.

4-mavzu: O‘quv-tarbiya jarayonini o‘qituvchi kitobi asosida sifatli tashkil etish amaliyoti Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan o‘qituvchi kitobi loyihasidan o‘quv-tarbiya jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan dars ishlanmalar, taqdimotlar va raqamli resruslarni dars jarayonida qo‘llashda fanlararo integratsiyani ta’minlash. Zamonaviy o‘qitish metodlarini tanlash va qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2-KUN: O‘QITISH METODOLOGIYASI 1-mavzu: O‘qitish va ta’lim olishning zamonaviy texnologiyalari va metodlari to‘g‘risida(2 soat). Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Milliy o‘quv dasturni zamonaviy yondashuvlar asosida joriy etish, ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribalar, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish shakllari va metodlarni joriy etish, o‘quvchilarning turli vaziyatlarda yuzaga keladigan muammolarini mustaqil hal etishni o‘rgatishga qaratilgan ta’limning motivatsion va innovatsion yechimlarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar.


Download 86.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling