A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Hozirgi pedagogik amaliyotida faol metodlarining turlari haqida nima deya olasiz? Misollar keltiring. 2. Ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish va o‘quv amaliy faoliyatlarini faollashtirishda nimaga e`tabor berish kerak? 3. Har qanday ta’lim maqsadining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4. O‘qitish metodlarini tanlashda nimalarga e`tibor berish lozim? 5. Ta’limning davomiyligi haqida nimalarni bilasiz? 6. O‘quv-moddiy sharoitlari haqida ma`lumot bering. 7. Mashg‘ulotlarni qiziqarli o`tishda nimalarga e`tabor berish lozim? 8. Nazariy fan maqsadini bayon etishda nimalarga e`tibor berish lozim? 9. Tarqatma materialar tarqatilishda nimalarga e`tibor berish lozim? 10. Pedagogik izlanishlar deganda nimani tushunasiz? 12.2. Kasb ta’limida ma’ruza va unga qo‘yiladigan asosiy talablar, oliy ta`limda ta’limni tashkil etish shakllari, ma’ruza va unga qo‘yiladigan asosiy talablar Tayanch so‘z va iboralar: Ma`ruza, ma`ruzaning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, ma`ruzaning asosiy belgilari, ijodiy faoliyat, ichki va tashqi belgilar, didaktik talablar, samaradorlik shartlari. 172 Jamiyatimiz har tomonlama ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, o‘z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni taqozo etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda ma`ruza muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli ma`ruzaga bo‘lgan talab ham doimo o‘sib boradi. Hozirgi mustaqillik sharoitida ma`ruzaning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshirish deganda nimani tushunasiz? Ma`ruzaning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Ma`ruzada o‘rganiladigan bilimilar hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni maqsadi hamda bolalarning real o‘qish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur. Bolalarning real o‘qish imkoniyatlariga mos kelmaydigan nihoyatda jo‘n yoki murakkab bilimlar o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishga qiziqishlarini susaytiradi. Qanday usul, vositalar yordamida o‘quvchilarning qiziqishlari tarbiyalanadi? Ma`ruzalarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy etsa, fan sohasida qo‘llaniladigan usullardan qancha ko‘p foydalanilsa, ma`ruzaning samaradorligi shuncha oshadi. Ma`ruzaning samaradorligini qanday tushunasiz? Ma`ruzani ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg‘ulotlarni operativ o‘tkazish, bolalarda jamoada ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘zaro yordam va bolalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling