A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Tayanch so‘z va iboralar:
Individual ta’lim shakli, individual-guruhli ta’lim shakli, sinf-dars ta’lim 
shakli, ma’ruza-seminar ta’lim shakli, sinfdan tashqari ta’lim shakli, 
auditoriyadan tashqari ta’lim shakli, ta`lim muassasasi va ta`lim muassasasidan 
tashqari ta’lim shakli. 
Jahon kasbiy ta`lim metodikasi fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning 
turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga 
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Kirish ma’ruzasida ta’lim berish texnologiyasi 
An’anaviy ta’lim berish tizimida o‘quv materialini tuzib chiqishning birligi 
“mavzu” hisoblanadi. O‘quvchi uchun o‘quv materialining haqiqiy birligi bo‘lib, 
o‘quv mashg‘uloti xizmat qiladi, mavzu esa uni o‘rganishning o‘qituvchi 
tomonidan e’lon qilinadigan faqat nomlanishidir. 
Shu bois, o‘quvchilar alohida o‘quv birliklari o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro 
aloqani aniq anglamasdan mavzuni o‘rganadilar: bu yerda o‘quv materialini 
“bo‘laklab-mavzuviy” o‘rganish xususiyati ko‘rinib turibdi. 
Hozirgi vaqtda o‘quv materialini tuzilmaga solish modul asosida amalga 
oshirilmoqda. Bu ham o‘quvchida birdaniga harakatning to‘liq yo‘nalishini, ya’ni 
barcha qismlar (o‘quv yoki modul birliklar) o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash ular 
tomonidan berilgan o‘quv materiali chegarasida BMK izchillikda egallash degani 
emas. 


178 
Aqliy 
harakatlarni 
bosqichma-bosqich 
shakllantirishning 
psixologik 
nazariyasiga muvofiq, bu muammo o‘qitish tuzilmasiga qiziqtiruvchi bosqichni 
kiritish orqali hal etish mumkin. Uning vazifasi - ta’lim oluvchilarda kutilayotgan 
o‘quv materialini egallash uchun qiziqish (bizning holatda-o‘quv fani/kurC) 
ta’minlash, modomiki harakatning to‘liq yo‘nalishi o‘quv materialini barcha 
tashkil etuvchilari o‘rtasidagi aloqani aniqlashi mumkin. 
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratilib ko‘rsatiladi: 

individual; 

individual-guruhli; 

sinf-dars; 

ma’ruza-seminarli; 

sinfdan tashqari; 

auditoriyadan tashqari; 

ta`lim muassasasi va ta`lim muassasasidan tashqari. 
Ulardan ta’lim oluvchilarni qamrab olishi, ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil 
etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va 
o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi 
asosiy turi iste’molda foydalanib kelinmoqda: 

individual; 

individual-guruhli; 

sinf-dars; 

ma’ruza-seminar. 
Qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling