A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
individual ta’lim hisoblanadi. Bu orqali hayotiy tajribalarni ajdodlardan-
avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatdayoq yuzaga kelgan edi. Yozuv paydo bo‘lishi bilan qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining tajribalarini keyingi avlodga uzatgan. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning bevosita va individual aloqasiga hozirda misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin. Ta’limni tashkil etishning 179 individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanib kelingan. Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usulni bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o‘quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to‘la individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishdan iborat. Individual ta’lim beruvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo‘lishini talab etadi. Individual ta’limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta’lim beruvchi ta’sirining cheklanganligi (bunda ta’lim beruvchining vazifasi ta’lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo‘ladi); boshqa ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta’lim oluvchining yoki ta’limning ijtimoiylashishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. Ta’lim individual-guruhli shaklda ta’lim beruvchi mashg‘ulotlarni bir ta’lim oluvchi bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo‘lgan turli yoshdagi bolalar guruhi bilan olib boradi. Bunda ta’lim beruvchi navbat bilan har bir ta’lim oluvchidan o‘tilgan materialni so‘raydi, yangi mavzuni (materiallarni) tushuntiradi, mustaqil ishlashi uchun individual topshiriqlar beradi, boshqa ta’lim oluvchilar o‘z ishlari bilan shug‘ullanadilar. O‘qishni bunday tashkil etishda, ta’lim oluvchilar mashg‘ulotlarga yilning turli davrlarda hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo‘lgan. Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning maruza-seminar shakli yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri mazkur tizim deyarli o‘zgarmagan. Ma’ruza, seminar va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha ma’ruza-seminar tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Maruza-seminar tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo‘llaniladi. O‘zbekistonda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tatbiq etilishi bilan ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham 180 ulardan foydalana boshlandi. Oxirgi paytlarda ma’ruza-seminar tizimi elementlaridan o‘rta maktablarning katta sinflarida ham qo‘llanila boshlandi. Demak, qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Darsda bilimlarning o‘zlashtirilishi, malaka va ko‘nikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. O‘quv materialini o‘rganishning turli vazifalari, yo‘llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko‘p turlari, uning har xil variantlari paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 2. O‘tilgan materialni mustahkamlash darsi. 3. Ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish darsi; 4. Takroriy-umumlashtiruvchi dars. 5. Aralash dars. Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars turining qismlari bo‘lishi mumkin. Misol uchun ta’lim muassasalarida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshirilishi mumkin: yangi bilimlarni bayon qilish; yangi bilimlarni mustahkamlash; yangi bilimlar ustida mashq o‘tkazish; yangi bilimlarga bog‘liq holda uyga vazifalarini topshirish va hokazo. Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tashkil etilmaydi. Shunga qaramay darsning maqsadi ta’lim oluvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo‘lsa, butun didaktik usullar ana shunga bo‘ysundiriladi. Shu sababli ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. 181 Muayyan dars turi bilan ish ko‘rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Darsning tarkibiy tuzilishi u yoki bu dars turining umumiy holati, uning qismlari mohiyatini anglatadi. Dars jarayonida qo‘llanilayotgan har qanday didaktik usul dars tuzilishini ifodalashga har doim ham xizmat qilavermaydi. Didaktik usullar ta’lim metodi bilan baholangandagina dars tuzilishining o‘zgarishiga, ta’lim metodlarining o‘zgarishi ham dars tuzilishining o‘zgarishiga olib keladi. Dars jarayonining muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining o‘zgarishi darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi. Bugungi kunda zamonaviy o‘quv muassasalari faoliyatida o‘qitish shakllaridan biri bo‘lmish ma’ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyatdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahoratga ega bo‘lgan ta’lim beruvchining intellektual salohiyati asosida tashkil etiladi. Ma’ruzada faqat fan, o‘quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlarni bermasdan, ta’lim oluvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan tarbiyalab borish ham talab etiladi. Ma’ruzadan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirish hamda dunyoqarashini yuksaltirishdan iborat. O`qitish amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma’ruza-hikoya; ma’ruza-suhbat; ma’ruza-munozara; ommaviy ma’ruza. Ta’lim-tarbiyada qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilish kerak bo‘lgan jarayondan iborat bo‘lib, bunda o‘rganilgan bilimlar va shakllangan tasavvurlar oldingi o‘rganilganlardan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi va keyingi ta’lim-tarbiyaviy jarayonga zamin hozirlanadi. Mazkur tamoyil o‘qish jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduksiya) va, aksincha , 182 xususiylikdan umumiylikka (induksiya) qoidasini va o‘quv fanlarining bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi; Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruza o‘qituvchi tomonidan ma’ruza mavzui yuzasidan reja va ma’ruza matni tayyorlanadi. Umumiy qoidaga binoan ma’ruza bir dars davomida oxiriga yetmay qolsa, u keyingi mashg‘ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bo‘lingan, ta’lim oluvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. Shuningdek, har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati taqdim etiladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling