116
1. O‘quv maqsadlarini o‘ylab ko‘rish. Ushbu darsning o‘quv
maqsadi
kerakli maxsus sohaga mos kelishi tekshiriladi, ya’ni o‘quvchilar
qanday amaliy
ko‘nikmaga ega bo‘ldilar yoki qanday ko‘nikma va tushunchalarga ega bo‘lishlari
kerak. Darsning yakuniy natijasi qanday bo‘lishi kerakligi o‘rganiladi.
2. Guruhlar holatini o‘ylab ko‘rish.
O‘quvchilar maxsus soha to‘g‘risida nimani bilishlari, ularning maxsus soha
bo‘yicha qanday tushunchalarga ega ekanliklari, guruhning darsni o‘zlashtirishi
borasida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan
qiyinchiliklar, guruhni kichikroq
guruhlarga bo‘linishi kerakmi yoki yo‘qmi kabi masalalarni o‘rganish kerak.
3. Belgilangan vaqt to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish.
Dars uchun qancha vaqt ajratish kerakligi (boshqa
bunga tegishli
faoliyatlarni ham inobatga olgan holda) kunning qaysi vaqtida dars o‘tkazilishi
lozimligi, qaydlar yoki vazifalarni tayyorlash uchun qancha vaqt zarurligi
o‘rganiladi.
4. Jihozlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish.
Zaruriy asbob va moslamalar
mavjudligi va ular yaroqliligi, sinf xonasi
barcha
talablarga javob berishi, tashqaridan boshqa resurslar - biror shaxs,
videofilm yoki boshqa yordamlar kerakmi yoki yo‘qmi
kabi muammolar
o‘rganiladi.
5. Maxsus soha bo‘limlarini o‘ylab ko‘rish.
Maxsus soha tahlili maqsadga erishishda zarur bo‘lgan barcha mazmunlarni
qamrab olish uchun yetarlimi? Darsni qismlarga bo‘lish zarurmi?
Dars ichidagi tanlash yoki mazmunlar 1-chi pog‘onada turishi lozim. Ularni
biz o‘quv maqsadlariga erishishdagi minimumlar deb ataymiz.
Agar tasarrufdagi vaqt kutilganidan ko‘p bo‘lsa, u holda 3-va 4-
pog‘onalardagi mazmunlarni qo‘shib qo‘yish mumkin. Amaliyot o‘qituvchisining
ko‘plab boshqa sohalardagi bilimlarga ega bo‘lishi uning mazkur holatni oson
boshqarib borishiga yordam beradi.
Ba’zan darsni qismlarga bo‘lish talab etiladi. Shunda quyidagi tuzilma vosita
sifatida xizmat qilishi mumkin: