A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Umumiy politexnik va maxsus ta’lim moxiyati, vazifasi va tavsifi, umumtexnik, umumtexnologik va maxsus tayyorgarlik Tayanch so‘z va iboralar
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Olgan bilimlarni amalda qo‘llay bilish uchun nimalarga ko`proq e`tibor berish lozim? 2. Ishlab chiqarish ta’limi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Siz nima deb o`ylaysiz? Fikringizni to`liq bayon eting. 107 3. Ma’lumki, insonning har bir hatti-harakati ongli ravishda va uch bosqichda amalga oshadi. Siz nima deb o`ylaysiz? Fikringizni to`liq bayon eting. 4. Samarali o‘qitishning muhim shartlari nimalardan iborat? 5.Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish faolligi, uning shaxs sifatida shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Siz nima deb o`ylaysiz? Fikringizni to`liq bayon eting. 6. Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Fikrning to`g`riligini isbotlang. 7. Demokratik jamiyat qurish jarayonida ta’limning mazmunini tanlashda jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, nimalarga amal qilinadi? 8. Ta’lim mazmunining tuzilishi qaysi tamoyillarga asoslanadi? 9. Demokratik jamiyat qurayotgan respublikamizda ta’limning mazmuni qaysi yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi? 8.2. Umumiy politexnik va maxsus ta’lim moxiyati, vazifasi va tavsifi, umumtexnik, umumtexnologik va maxsus tayyorgarlik Tayanch so‘z va iboralar: Muammoning qidiruv usuli, namoyish qilish usullari, ta’lim vositalari, ta’lim tamoyillari, umumiy tamoyillar, pedagogik yondashuv, texnologik yondashuv, ilmiy – pedagogik faoliyat, tashkiliy – pedagogik faoliyat, pedagogik mahorat. Ta’limning muammoni qidiruv usuli – ta’lim oluvchilarning bilimini mustaqil ravishda izlab topishga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyat yo‘lidir. Ushbu usulda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratining asosiy mazmunini ta’lim oluvchilarga berishni so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliy usullar yordamida amalga oshirishlar tashkil etadi. SHuningdek, o‘qituvchining pedagogik mahorati oshishi va uning natijaviyligini ta’minlashdan muammoli ma’ruza ifodasi (izohi) orqali mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, dalillarni tahlil qilish va rejaga mos tizimlashtirish, ta’lim oluvchini ushbu mavzudagi ma’lumotlarni 108 o‘zlashtirishi bo‘yicha o‘z ortidan ergashtirish bilan birga uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishlar ko‘zda tutiladi. Ta’limning namoyish qilish usullari – bu ta’limning dars mashg‘ulotlari jarayonida o‘quv va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish yo‘llaridan iborat bo‘lib, uning asosiy maqsadi dars samaradorligini oshirishdan iboratdir. Mazkur usuldan foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular so‘z bilan ifodalash usuli bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi va ushbu jarayonda ta’lim beruvchining pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bu muhim rol esa pedagogning ta’lim vositalari bilan oldindan tanishligi orqali yanada yuksaladi. Mazkur usul bo‘yicha ta’lim berishdagi o‘qituvchi pedagogik mahoratining natijaviyligini ta’minlashdan og‘zaki va ko‘rgazmali usullari aloqadorligining xilma – xil shakllari mavjudligi va kerakli joylarda ularning har biridan samarali foydalanishi e’tiborga olinadi. Bunga sabab ta’limda mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning xarakteri va ta’lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, har bir ta’lim jarayonning holatiga mos ular uyg‘unligidan oqilona foydalanish dars samaradorligini ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Ta’lim tamoyillari - bu o‘qish va o‘qitish jarayonida obektiv mavjud bo‘lgan va uni bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikdan kelib chiqib, odamlar tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida amal qilishlikka tavsiya etilgan harakatlar tarkibidir. Demak, ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va ta’lim oluvchining bilish faoliyatini xususiyatini belgilovchi asosdir. U ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli normada, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Ana shuning uchun ham mazkur jarayonda o‘qituvchining pedagogik mahorati juda zarur va unda ta’lim berishning muhim ob’ktiv qonuniyatlarini ta’lim tamoyillari o‘zida aks ettiradi. 109 Kasbiy ta`lim metodikasida o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga imkon beruvchi ko‘pgina umumiy tamoyillar mavjud. Ular: onglilik va faollik; ko‘rgazmalilik; tizimlilik va muntazamlilik; mustahkamlik; tushunarlilik; ilmiylik; nazariya bilan amaliyot birligi; ta’lim – tarbiyaning birligi; ta’lim – tarbiya tizimi va uning uzunligi; pedagogik texnologiya tamoyillari. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling