A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Rejani qayta tekshirish uchun ko‘rsatmalar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Rejani qayta tekshirish uchun ko‘rsatmalar. 
Bir marta tuzilgan reja quyidagicha qayta tekshirilishi lozim: 


116 
1. O‘quv maqsadlarini o‘ylab ko‘rish. Ushbu darsning o‘quv maqsadi 
kerakli maxsus sohaga mos kelishi tekshiriladi, ya’ni o‘quvchilar qanday amaliy 
ko‘nikmaga ega bo‘ldilar yoki qanday ko‘nikma va tushunchalarga ega bo‘lishlari 
kerak. Darsning yakuniy natijasi qanday bo‘lishi kerakligi o‘rganiladi. 
2. Guruhlar holatini o‘ylab ko‘rish. 
O‘quvchilar maxsus soha to‘g‘risida nimani bilishlari, ularning maxsus soha 
bo‘yicha qanday tushunchalarga ega ekanliklari, guruhning darsni o‘zlashtirishi 
borasida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan qiyinchiliklar, guruhni kichikroq 
guruhlarga bo‘linishi kerakmi yoki yo‘qmi kabi masalalarni o‘rganish kerak. 
3. Belgilangan vaqt to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish. 
Dars uchun qancha vaqt ajratish kerakligi (boshqa bunga tegishli 
faoliyatlarni ham inobatga olgan holda) kunning qaysi vaqtida dars o‘tkazilishi 
lozimligi, qaydlar yoki vazifalarni tayyorlash uchun qancha vaqt zarurligi 
o‘rganiladi. 
4. Jihozlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish. 
Zaruriy asbob va moslamalar mavjudligi va ular yaroqliligi, sinf xonasi 
barcha talablarga javob berishi, tashqaridan boshqa resurslar - biror shaxs, 
videofilm yoki boshqa yordamlar kerakmi yoki yo‘qmi kabi muammolar 
o‘rganiladi. 
5. Maxsus soha bo‘limlarini o‘ylab ko‘rish. 
Maxsus soha tahlili maqsadga erishishda zarur bo‘lgan barcha mazmunlarni 
qamrab olish uchun yetarlimi? Darsni qismlarga bo‘lish zarurmi? 
Dars ichidagi tanlash yoki mazmunlar 1-chi pog‘onada turishi lozim. Ularni 
biz o‘quv maqsadlariga erishishdagi minimumlar deb ataymiz. 
Agar tasarrufdagi vaqt kutilganidan ko‘p bo‘lsa, u holda 3-va 4-
pog‘onalardagi mazmunlarni qo‘shib qo‘yish mumkin. Amaliyot o‘qituvchisining 
ko‘plab boshqa sohalardagi bilimlarga ega bo‘lishi uning mazkur holatni oson 
boshqarib borishiga yordam beradi. 
Ba’zan darsni qismlarga bo‘lish talab etiladi. Shunda quyidagi tuzilma vosita
sifatida xizmat qilishi mumkin: 


117 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling