A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
MAVZU 9. KASB-HUNAR TA’LIMINI REJALASHTIRISH
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
120 MAVZU 9. KASB-HUNAR TA’LIMINI REJALASHTIRISH. 9.1. Kasb-hunar ta’limini rejalashtirishning umumiy masalalari, kasb-hunar ta’limini rejalashtiruvchi xujjatlar, o‘quv-texnologik xujjatlar, istiqbolli, kalendar tematik reja, o‘quv ustasining o‘quv kuni uchun ish rejasi. Tayanch so‘z va iboralar: O‘quv reja, DTSda keltirilgan talablar, o‘quv rejasining moduli, fanning o‘quv rejasi va dasturi, perspektiv mavzular rejasi, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga q o‘yish, texnik fikrlashning xususiyatlari, tarmoq standarti, o‘quv predmeti, o‘quv dasturlarining tarkibi. O‘quv reja – har bir mutaxassislik bo‘yicha malaka va DTSda keltirilgan talablarni ta’minlovchi muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o‘rganishning izchilligi va soatlaridagi qatnashishini belgilaydigan hujjat. O‘quv rejasiga kirgan fanlar mazmunini o‘quv dasturlari va mavzular rejasi tashkil etadi. O‘quv rejasi o‘quv shakllarini, o‘quv predmetlarining ro‘yxatini va hajmini, ularning o‘quv haftalari, yarim yilliklari bo‘yicha taqsimlanishini belgilaydigan, bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv predmetlari, kasbiy va umumta’lim tayyorgarligi orasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi meyoriy hujjat. O’quv maqsadi Kasb-hunar ta’limini rejalashtirishning umumiy masalalari, kasb-hunar ta’limini rejalashtiruvchi xujjatlar, o‘quv-texnologik xujjatlar, istiqbolli, kalendar tematik reja, o‘quv ustasining o‘quv kuni uchun ish rejasi o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik: mashg‘ulotlar maqsadi va mazmunini aniqlash, mashg‘ulotlar moddiy-texnika bazasini tayyorlash, mashg‘ulot turlari va ularga metodik tayyorgarligini nazariy jihatdan o’rganish 121 O‘quv rejasining moduli – uzluksiz ta’lim mazmunining asosiy invariant tarkibiy komponentlarini aks ettiruvchi o‘quv rejasini taqdim etish shakli Kasb – hunar kollejlarida fanlardan nazariy darslarni o‘qish: - perspektiv mavzular rejasi; - kundalik dars rejasi; - dars konspekti; Nazariy darslarni hisobga olib borish jurnallaridan muntazam foydalaniladi. Perspektiv mavzular rejasi o‘quv materialini t o‘ g‘ri taqsimlashda ayni fanni boshqa fanlar va ishlab chiqarish ta’limi bilan boglashda, darsga kerakli o‘quv materiallari va jixozlarni tayyorlashda yordam beradi, o‘qish jarayonining samaradorligini oshirish sharoitini yaratish imkonini beradi. Perspektiv mavzular rejasining asosini mavzular b o‘yicha darslar tizimi tashkil etadi. Mazkur rejani o‘qituvchi fanning o‘quv rejasi va dasturiga asosan darslar boshlangunicha t o‘zadi va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi: - mashg‘ulot o‘quv ishlarini bajarish uchun tashkiliy qism; - darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlashi; - fanlararo va fan ichidagi bo g‘lanishlarni belgilash; - tarbiyaviy ishni perspektiv reja bilan boglab olib borish; - ishlab chiqarish ta’limi bilan bo g‘lanish; - ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar va ta’limning texnik vositalarini belgilash; - uyga topshiriq; - ma’lumotnoma va metodik adabiyotlar. Rejaning komponentlari o‘quv fani va mavzu materialining mazmuni, bilim yurtining o‘quv moddiy bazasi, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab aniqlanadi. Perspektiv mavzular rejasi metodika kengashida k o‘rib chiqiladi. Perspektiv mavzular rejasi takroran foydalanadigan hujjat bo‘lib, unga muntazam ravishda o‘zgartish va q o‘shimchalar kiritib boriladi. 122 Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash o‘quvchilarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi. Endi namuna sifatida ayrim fanlar bo‘yicha dars rejalarini k o‘rib chikamiz. Ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish. O‘qituvchi darsni o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialni ravshan anglabgina qolmay, uni aniq takrorlab ham bera oladigan, bilimlarni kelgusi o‘quv ishlarida va amalda qullay oladigan yo‘sinda tashkil etishi kerak. Bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirishda o‘quvchilar ularni dastlab qanday o‘zlashtirgan b o‘lsalar, xuddi shunday aytib berishlari, ularga aniqlik mukammallik kiritishlari lozim. Ta’limiy ishning ana shu boskichida yangi o‘quv materiali bilan ilgari o‘zlashtirilgan materiallarni o‘zaro chambarchas, o‘quvchilar yakkol tushunadigan y o‘sinda bog‘lash ularning fandan olgan bilim va ko‘nikmalarini boyitadi, kengaytiradi va yanada shakllantiradi. O‘qitish davriga, o‘rganilayotgan material mazmuniga qarab bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish har xil didaktik maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin. O‘qitishning dastlabki boskichlarida, shuningdek, tasviriy materialni o‘rganishda bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirish eproduktiv harakterga ega bo‘lishi mumkin. bunda o‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi bergan namuna asosida bajaradilar, bilimlarni dastlab qanday idrok etgan b o‘lsalar, ana shu holda tatbiq qiladilar. SHundan keyin o‘quvchilar topshiriqlarga ijodiy yondoshadilar va o‘ziga xos yullar bilan bajaradilar,muammolarni xal qilishning yangi usullarini topadilar. Lekin bunday bilish faoliyati ularda muayyan bilimlar va ularni q o‘llash tajribasi b o‘lishini, sabab-natija bog‘lanishlarini chuqur tushunishni talab qiladi. O‘qituvchilarning bilim, k o‘nikma va malakalarini mustaxkamlash hamda takomillashtirish, asosan, ularning mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar maqsadga ongli va faol intiladilar, paydo b o‘ladigan qiyinchiliklarni biror kishining yordamisiz engadilar. O‘qituvchi mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar touzadi, ularni bajarish tartibini rejalashtiradi,vaqti-vaqti bilan topshiriqlarning murakkiblik va kiyinlik darajasini o‘zgartirib turadi, ish vaqtida o‘quvchilarni k o‘zatib, zarur hollarda ularga yordam beradi. 123 Bilim ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga q o‘yish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini, darsga ma’suliyatli munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, xususan texnik fikrlashni rivojlantiradi. Texnik fikrlashning xususiyatlari o‘quv ishining metodik usullarini, xususan bilim, ko‘nikma vaa malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish tizimini belgilaydi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish tizimi har xil mash g‘larni bajarish, o‘rganilgan materialni o‘quv mash g‘ulotlarida takrorlash va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdan iborat. Kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari tasniflagichi – o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limi muassassalarida kichik mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari kasblarining va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. Davlat ta’lim standartlari (DTC)-umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti (bundan keyin OTDTC) kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablar; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va yetarli ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yilgan malakaviy talablar; o‘quv yuklamasining maksimal hajmi; ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda yo‘l-yo‘riqlarini belgilaydi. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti o‘quv jarayonini tartibga soluvchi, ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholovchi me’yoriy hujjatlar: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura ixtisosliklari uchun Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalarni tayyorlash uchun asosdir. Kasb-hunar ta’limi tarmoq standarti – yo‘nalishlar bo‘yicha kichik mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni hamda pirovard maqsadlarini aniqlaydi, ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart sifatlari nazoratini belgilab beradi. 124 O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosiy me’yoriy hujjat tarmoq standarti hisoblanadi. Tarmoq standartlari asosida namunaviy o‘quv rejasi va namunaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi. Namunaviy o‘quv rejasi va namunaviy o‘quv dasturlari asosida esa kollejda ishchi ( ichki) o‘quv rejasi va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi. Tarmoq standartining umumiy tuzilmasi: 1) qo‘llanish sohasi; 2) me’yoriy xujjatlar; 3) standartning maqsad va vazifalari; 4) ta’riflar; 5) kasbiy tavsifnoma; 6) kasbiy faoliyatning tarkibiy parametrlari; 7) kasbiy faoliyatning mazmuniy minimumi; 8) ta’lim dasturining tarkibi va mazmuni; 9) standart talablarining bajarilishini nazorat qilish. O‘quv reja – har bir mutaxassislik bo‘yicha malaka va davlat ta’lim standartlarida keltirilgan talablarni ta’minlovchi muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o‘rganishning izchilligi hamda soatlaridagi qatnashishini belgilaydigan hujjat. O‘quv rejasiga kirgan fanlar mazmunini o‘quv dasturlari va mavzular rejasi tashkil etadi. Kasb hunar ta’limida o‘quv rejasining tuzilishi quyidagicha: 1) tayyorlov yo‘nalishining nomi va kodi; 2) kasbi va ixtisosliklari nomi va kodlari; 3) o‘quv jarayoni jadvali (nazariy va amaliy ta’lim, ta’til, ishlab chiqarish amaliyoti, davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi); 4) fanlarning nomi; 5) ajratilgan soatlar (nazariy, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar, kurs ishi, mustaqil ishlar); 6) semestrlar va haftalar bo‘yicha soatlar taqsimoti; 125 7) o‘quv amaliyoti; 8) ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti; 9) davlat attestatsiyasi; 10) kollej ixtiyoridagi soat. O‘quv predmeti – ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan tanlab olingan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar tizimidir. Dastur-o‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir. O‘quv dasturi - shu nom bilan nomlangan o‘quv predmetiga tegishli bo‘ladi. O‘quv dasturlarining tarkibi quyidagicha: 1) kirish; 2) nazariy mashg‘ulotlar mazmuni; 3) amaliy mashg‘ulotlar mazmuni; 4) mustaqil ishlar namunaviy mavzulari; 5) fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasining tarkibi; 6) o‘qitishning texnik va didaktik vositalari; 7) o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling