A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Pog‘ona 1 ...bilishi shart... ...qila olishi shart... Pog‘ona 2
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Pog‘ona 1
...bilishi shart... ...qila olishi shart... Pog‘ona 2 ...o‘zlashtirishi mumkin... ...qila olishi mumkin... Pog‘ona 3 ...bilishga yordam beradi... ...qila olishga yordam beradi... Pog‘ona 4 ...bilish uchun qiziqarli... ...qila olish uchun qiziqarli... Bu yerda asosiy maqsad "o‘zlashtirilishi shart bo‘lgan bilimlar"ni va "o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan bilimlar"ni berishdan iboratdir. Bu orqali barcha muhim mazmunlar, dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar dars rejasida qanchalik darajada saqlanib qolgan - qolmaganligi nazorat qilinadi. Bundan kelib chiqib, tarkibiy qismga tegishli maqsadlarga murojaat qilish va ularga erishish jarayonini topshiriqlar va testlar orqali nazorat qilish tavsiya etiladi. Bunga ko‘ra biror dars oxirida topshiriqlar yozma ko‘rsatilgan nazorat ishi olish va uning natijalarini baho varaqasiga qayd qilib borish kerak bo‘ladi. O‘quv maqsadlariga erishilmaganligi aniqlansa, u holda amaliyot o‘qituvchisi boshqa choralarni ko‘rishi, masalan: takrorlash darsini rejalashtirish lozim, shu bilan birga dars rejasiga tafakkur qilish uchun yordam sifatida kiritiladigan kiziqtirish va o‘rganish usullarini rivojlantirish mumkin. 6. O‘quv va didaktik vositalarni rejalashtirilgan usullar hamohangligida nazorat qilish. Rejalashtirilgan usullarga mos ravishda o‘quv va didaktik vositalarning mavjudligi, topshiriqlar, shuningdek, namoyishlar va mashqlar nazorat qilinishi kerak. Ular yetarli bo‘lmasa, u holda ularni yanada rivojlantirish va ishlab chiqish lozim. O‘tkazilgan dars yoki amaliy mashg‘ulotlardan so‘ng shaxsiy natijalarni tahlil qilib ko‘rish tavsiya etiladi. Buni biz dars jarayonlarining sifatini tahlil qilish, amalga oshirilgan rejaning ahamiyati va boshqa amaliyot o‘qituvchisi tomonidan o‘z hamkasblarining baholanishi, deb tushunamiz. Bu amaliyot o‘qituvchisiga o‘z natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishda ko‘mak beradi. 118 Ushbu tavsiyalarni va qoidalarni «Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari» fanini o‘qitishda qo‘llanilganda yaxshi samara beradi. Nazariy darsni quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish tavsiya etiladi: 1. qizitish va qiziqtirish(motivatsiya); 2. ma’lumot berish; 3. bilim berish; 4. o‘rganilgan bilimlarni qayta ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish; 5. tahlil va sintezlar; 6. baholash. Ushbu ketma-ketlik uchun vaqt odatda 45 yoki 80 daqiqani, tashkil etadi. Dars boshlanishidan avval darsga tayyorgarlik bosqichining natijalarini qisqacha tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling