A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Ta’limning muammoni qidiruv usuliga nimalar kiradi?
2. Ta’limning namoyish etish usullariga misollar keltiring. 
3. Ta’lim tamoyillariga nimalar kiradi? 
4. Kasbiy ta`lim metodikasida o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga 
imkon beruvchi ko‘pgina umumiy tamoyillar mavjud. Ular haqida nima deya 
olasiz? 
5. Pedagogik yondashuv deganda nimani tushunamiz? 
6. Texnologik yondashuv deganda nimani tushunamiz? 
7.  Ta’limning mulohazalarga asoslangan qaroriga nimalar kiradi? 
8. Ta’limning mulohazalarga asoslangan qaroriga nimalar kiradi? 
9. O‘qituvchi pedagogik mahoratining oshishi asosidagi ta’lim metodlarining 
samaradorligini oshirishda qaysi qobiliyatlari muhim asos bo‘la oladi? 
8.3. Nazariy va amaliy ta’lim mutanosibligi, amaliy ta’limning 
mazmuni: o‘quv amaliyoti (ishlab chiqarish ta’limi-ustaxonalarda 
ta’lim), ishlab chiqarish amaliyoti 
Tayanch so‘z va iboralar:
Nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, mazmuniy jihatlar, rejada belgilash,
 
o‘quv va didaktik materiallar, titul kog‘ozi, o‘quvchilar tahlili, o‘quv maqsadlari.
Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlardan nazariy dars va amaliy 
mashg‘ulotlar rejasini o‘quv rejasi yoki o‘quv materiali bilan aslo aralashtirib 
yubormaslik lozim. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejasi faqatgina "yo‘l 
ko‘rsatuvchidir", u o‘qitish yoki o‘rganish materiali sifatida tushunilmasligi darkor.
Dars rejasi dars jarayonini faqatgina boshqarib boradi va o‘qitish hamda o‘rganish 


112 
materiallari o‘rnini olmasligi kerak. Bunday reja o‘quv maqsadlarini, modul yoki 
mavzu, amaliy usullarni o‘qitish va o‘rganish materiallarini, shuningdek, qat’iy 
belgilangan vaqt chegarasini o‘zida mujassam etadi. 
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida o‘qitish 
jarayonining ko‘zda tutilgan ketma-ketligini saqlab qolish va rejalashtirilgan o‘quv 
maqsadlariga erishishni ta’minlash lozim.
Olib borilgan dastlabki tajribalar shuni ko‘rsatdiki, amaliy mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish uchun keng qamrovli tayyorgarlik ko‘rish shart emas. Bunday rejani
tuzishda amaliyot o‘qituvchisi o‘zi o‘zlashtirgan tajribalarga asoslanadi. 
Maxsus fanlardan dars jarayonida ishlatilishi mumkin bo‘lgan har qanday 
ma’lumotni ushbu rejaga kiritish tavsiya etiladi. 
Avvalo, biz muhim bandlariga bir nazar tashlaganda ko‘zga darhol 
tashlanishi va yaxshi o‘qilishi uchun katta shrift bilan yoziladigan rejani tavsiya 
etamiz. 
Biz hozir kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan “Tikuvchilik korxonalari 
jihozlari” fani bo‘yicha tasvirlaydigan qismlarga bo‘lish namunasi (1- jadval) 
mazmuniy jihatlar asosida tuzilsada, metodik jihatlar bilan ham to‘ldirilishi 
mumkin.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling