A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Olgan bilimlarni amalda qo‘llay bilish uchun nimalarga ko`proq e`tibor berish 
lozim?
2. Ishlab chiqarish ta’limi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Siz 
nima deb o`ylaysiz? Fikringizni to`liq bayon eting.


107 
3. Ma’lumki, insonning har bir hatti-harakati ongli ravishda va uch bosqichda 
amalga oshadi. Siz nima deb o`ylaysiz? Fikringizni to`liq bayon eting.
4. Samarali o‘qitishning muhim shartlari nimalardan iborat? 
5.Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish faolligi, uning shaxs 
sifatida shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Siz nima deb o`ylaysiz? Fikringizni 
to`liq bayon eting.
6. Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas, balki uning 
qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Fikrning to`g`riligini isbotlang. 
7. Demokratik jamiyat qurish jarayonida ta’limning mazmunini tanlashda jamiyat 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, nimalarga amal qilinadi? 
8. Ta’lim mazmunining tuzilishi qaysi tamoyillarga asoslanadi? 
9. Demokratik jamiyat qurayotgan respublikamizda ta’limning mazmuni qaysi 
yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi? 
8.2. Umumiy politexnik va maxsus ta’lim moxiyati, vazifasi va tavsifi, 
umumtexnik, umumtexnologik va maxsus tayyorgarlik 
Tayanch so‘z va iboralar:
Muammoning qidiruv usuli, namoyish qilish usullari, ta’lim vositalari, 
ta’lim tamoyillari, umumiy tamoyillar, pedagogik yondashuv, texnologik 
yondashuv, ilmiy – pedagogik faoliyat, tashkiliy – pedagogik faoliyat, pedagogik 
mahorat.

Ta’limning muammoni qidiruv usuli – ta’lim oluvchilarning bilimini 
mustaqil ravishda izlab topishga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyat yo‘lidir. Ushbu 
usulda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratining asosiy mazmunini ta’lim 
oluvchilarga berishni so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliy usullar 
yordamida amalga oshirishlar tashkil etadi. SHuningdek, o‘qituvchining pedagogik 
mahorati oshishi va uning natijaviyligini ta’minlashdan muammoli ma’ruza ifodasi 
(izohi) orqali mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, dalillarni tahlil qilish 
va rejaga mos tizimlashtirish, ta’lim oluvchini ushbu mavzudagi ma’lumotlarni 


108 
o‘zlashtirishi bo‘yicha o‘z ortidan ergashtirish bilan birga uni faolroq qilish kabi 
usullardan foydalanishlar ko‘zda tutiladi. 
Ta’limning namoyish qilish usullari – bu ta’limning dars mashg‘ulotlari 
jarayonida o‘quv va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish yo‘llaridan iborat bo‘lib, 
uning asosiy maqsadi dars samaradorligini oshirishdan iboratdir. 
Mazkur usuldan foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular 
so‘z bilan ifodalash usuli bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi va ushbu 
jarayonda ta’lim beruvchining pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bu muhim 
rol esa pedagogning ta’lim vositalari bilan oldindan tanishligi orqali yanada 
yuksaladi. 
Mazkur usul bo‘yicha ta’lim berishdagi o‘qituvchi pedagogik mahoratining 
natijaviyligini ta’minlashdan og‘zaki va ko‘rgazmali usullari aloqadorligining 
xilma – xil shakllari mavjudligi va kerakli joylarda ularning har biridan samarali 
foydalanishi e’tiborga olinadi. Bunga sabab ta’limda mavzuning mazmuni, mavjud 
ko‘rgazmali vositalarning xarakteri va ta’lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan 
kelib chiqib, har bir ta’lim jarayonning holatiga mos ular uyg‘unligidan oqilona 
foydalanish dars samaradorligini ta’minlashga imkoniyat yaratadi. 
Ta’lim tamoyillari - bu o‘qish va o‘qitish jarayonida obektiv mavjud bo‘lgan 
va uni bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikdan kelib chiqib, 
odamlar tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida amal qilishlikka tavsiya 
etilgan harakatlar tarkibidir. 
Demak, ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va ta’lim 
oluvchining bilish faoliyatini xususiyatini belgilovchi asosdir. U ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli 
normada, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning 
samaradorligini belgilaydi. 
Ana shuning uchun ham mazkur jarayonda o‘qituvchining pedagogik 
mahorati juda zarur va unda ta’lim berishning muhim ob’ktiv qonuniyatlarini 
ta’lim tamoyillari o‘zida aks ettiradi. 


109 
Kasbiy ta`lim metodikasida o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga 
imkon beruvchi ko‘pgina umumiy tamoyillar mavjud. Ular: onglilik va faollik
ko‘rgazmalilik; tizimlilik va muntazamlilik; mustahkamlik; tushunarlilik; ilmiylik; 
nazariya bilan amaliyot birligi; ta’lim – tarbiyaning birligi; ta’lim – tarbiya tizimi 
va uning uzunligi; pedagogik texnologiya tamoyillari. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling