A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining metodologik asoslariga nimalar
kiradi? 
2. Klassifikator nima va ularning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
3. Uzluksiz ta’lim bosqichlarini ayting?
4. Tarmoq standartining umumiy tuzilmasini izohlab bering. 
5. Namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasini tavsiflang. 


126 
9.2. O‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik: mashg‘ulotlar maqsadi va 
mazmunini aniqlash, mashg‘ulotlar moddiy-texnika bazasini 
tayyorlash, mashg‘ulot turlari va ularga metodik tayyorgarlik. 
 
Tayanch so‘z va iboralar 
Mohirlik, ilmiylik, ijodiy jarayon, mehnati jarayoni, ichki va tashqi belgilar,
didaktik talablar, tarbiyaviy talablar, tashkiliy talablar. 

Mashg‘ulot turlari. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni o‘qitish va 
o‘rgatish quyidagi mashg‘ulot turlarida amalga oshiriladi:

Ma’ruza; 

Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlari; 

Integrallashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari; 
- Bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishga yo‘naltirilgan seminarlar; 

Kollokvium mashg‘ulotlari; 

O‘quv amaliyoti; 
- Mustaqil ishlar; 
- Kurs ishlari (loyihalari); 
- Maslahatlar

To‘garaklar.
Har bir mashg‘ulot turining qisqacha mazmuniga to‘xtalamiz
Ma’ruza – rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qara-tilgan va ta’lim 
beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan ta’lim hamda tarbiya jarayonidir. Bu 
jarayonda ma’lum bir maxsus soha bo‘yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda 
ta’lim oluvchi-larga yetkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy bilim-larni 
amaliyotda qo‘llash yo‘llari bilan tanishtiradi. Nazariy dars asosan maxsus 
jihozlangan o‘quv xonalarida o‘tkaziladi. Bu xonalarda turli texnik vositalar 
ishlatilishi mumkin. Ma’ruza: 
- umumlashtirilgan shakldagi ilmiy bilimlarga asos soladi; 
- ma’ruzalar: informatsion, muammoli va aralash xillarga bo‘linadi; 


127 
- ma’ruzadagi 
bilimlar talabalarning mustaqil ishlari va amaliy
mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling