A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Yangi o`quv reja va dasturlarida
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
Yangi o`quv reja va dasturlarida materiallar o`quv yillari bo`yicha
taqsimlangan ikkinchi darajali materialllar chiqarib tashlangan, o`quvchilarning yangi texnika bo`yicha bilim va malakalar bilan qurollantirish, o`quv ustaxonalarida, laboratoriyalarida o`qitish, yangi texnologik jarayonlar bilan tanishtirish ko`zda to`tilgan. Asosiy e'tibor ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash ishlariga qaratilgan. 138 Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. O’quv rejasi ta'lim oluvchi bilimi va kasbiy tayyorgarlik mazmunining yetarli va zarur darajasini ta'minlaydigan o’quv jarayoni va o’quv yuklamalari hajmi, muddatlari va tayyorlanuvchi mutaxassis sifati, nazorat shakllarini belgilab beruvchi huquqiy-me'yoriy hujjatdir. Isbotlab bering. 2. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun mo’ljallangan yangi o’quv rejalari nechta blokdan iborat qilib tuzilgan? 3. Davlat ta'lim standartlari asosida qaysi hujjatlar ishlab chiqiladi? 4. Kasb-hunar ta’limi tarmoq standartining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 5. O`quv rejasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 6. O`quv soatlari taqsimoti haqida nima deya olasiz? 7. Darslik va o`quv qo`llanmaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 8. Kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikma va malakalarning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Izohlab bering. 10.2. Namunaviy o‘quv dasturlari va ularning kasbiy ta’limdagi ahamiyati, dasturlarni tuzish tartibi va unga qo‘yiladigan asosiy talablar Tayanch so‘z va iboralar: O‘quv dasturi , o‘quv predmeti, xujjat asosini tasvirlash, o’zlashtirilish usullari, axborot manbalari, talablarni qanoatlantirish, o‘quv dasturlarining tuzilishi, fanlar bloklari, bloklarni o‘zlashtirilish. Ta’lim standartlarida belgilab berilganidek umumiy va maxsus talablar, bilim va ko‘nikmalar, o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va maxsus fanlarda o‘zaro uzviyligini ta’minlash, fan dasturlarini zamon talablariga mos ravishda oddiydan murakkabga qarab tuzib chiqish, har bir fan dasturlarining mavzulariga mos ravishda qo‘shimcha ko‘rgazmali qurollar yaratish-o‘qituvchilarga murakkab 139 vazifalarni qo‘yadi, talabalarning esa nazariy bilimlarini shakllantirib boradi. Kichik mutaxassislar tayyorlashga qo‘yilgan talablarning xujjatli asosini tasvirlaydigan o‘quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to‘liq va aniq belgilanishi talab qilinadi. To‘liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yetarli elementlarni kiritish tushuniladi. Aniqlik deganda real o‘quv jarayonida berilgan mazmunni joriy qilish yo‘lini ko‘rsatadigan elementlar va belgilar tasavvurlanadi. O‘quv dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish o‘qitish jarayonini takomillashtirish va mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Dastur o’quv predmetining mazmuni, uni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalarini o’zida mujassamlashtiruvchi me'yoriy hujjatdir. O’quv dasturlari namunaviy va ishchi turlarga bo`linadi. Namunariy o’quv dasturi shu o’quv predmetiga oid ishchi o’quv dasturi, yillik taqvimiy mavzular rejasi, darslik va o’quv-metodik qo’llanmalar va didaktik materiallar ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. O‘quv dasturlari qo‘yidagi talablarini qanoatlantirishi kerak: 1) fan tarixi, rivojlanishining xususiyatlarini aks ettirish, fanga ulkan hissa qo‘shgan olimlar va tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish; 2) fanning hozirgi darajasiga muvofiq bilim berish; 3) insonparvarlik, elparvarlik va ezgulik g‘oyalariga amal qilish; 4) rivojlanayotgan davlatlarda amalda bo‘lgan yoki ishlab chiqilayotgan mutanosib o‘quv dasturlariga nisbatan ilg‘orlik; 5) Markaziy Osiyoda yashagan yoki faoliyat ko‘rsatgan, o‘zbek tilida ijod qilgan olimlar va tarixiy shaxslarning fan rivojlanishiga qo‘shgan hissasini chuqur va ilmiy asoslangan tarzda bayon qilish; 6) fan haqida tizimli, mantiqiy muqobil hamda umumiy o‘rta va oliy ta’limga taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan muvofiqlashtirilganlik; 7) o‘quvchilarni fanga qiziqtirish va qiziqishini o‘stirish, osondan murakkab tomon bayon uslubini qo‘llash; 140 8) fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘laydigan metodikasiga rioya qilish; 9) O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘lidan rivojlanish strategiyasi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, novatorlik, pedagogik texnologiyalar, ta’lim sohasi innovatsiyalariga ochiqlik. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling