A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
O‘quv dasturlarining tuzilishi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
O‘quv dasturlarining tuzilishi. Oliy ta’limning birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksiz va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va o‘quvchilarning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishni nazarda tutishi zarur: - gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy; - matematik va tabiiy-ilmiy; - umum kasbiy; - ihtisoslik; - qo‘shimcha. Kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikma va malakalarni bakalavriat ta’lim dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini ko‘zda tutib, ishlab chiqilishi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur: - umummetodologik fanlar; - mutaxassislik fanlari; - ilmiy faoliyat. Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash o‘quvchilarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, bu rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi. Dastur-o‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir. O‘quv dasturi - shu nom bilan nomlangan o‘quv predmetiga tegishli bo‘ladi. O‘quv dasturlarining tarkibi quyidagicha: 1. kirish; 2. nazariy mashg‘ulotlar mazmuni; 141 3. amaliy mashg‘ulotlar mazmuni; 4. mustaqil ishlar namunaviy mavzulari; 5. fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasining tarkibi; 6. o‘qitishning texnik va didaktik vositalari; 7. o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Namunaviy o‘quv dasturi deganda nimani tushunasiz? 2. O‘quv predmeti deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan izohlab bering. 3. O‘quv dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqishda nimalarga e`tibor berishkerak? 4. O‘quv dasturlariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 5. O‘quv dasturlarining tuzilishi haqida nima deya olasiz? Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling