A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy bilim
- Bilimlar
- Bilimlar banki
- Bilimlar bazasi
Kundalik bilim sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga
asoslanadi va insonning atrof-muhitga moslashuvchi, uning xatti-harakatlari va oldindan ko‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning vazifasi – ta’lim- tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko‘maklashish. 77 Ta’lim-tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o‘rni beqiyos. Ilmiy bilim ta’lim-tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa-hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi. Nazariy bilim empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi. Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm-fan, texnika-texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni obyektiv mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin. Bilimlar, bu – odamlarning ijtimoiy-siyosiy amaliyot jarayonida to‘plangan umumlashgan tajribasidir. Ilmiy bilimlar, obyektiv olamni ancha to‘g‘ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste’moldagi bilimga aylanadi, ya’ni ular tadrijiy (evolyutsion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida tinglovchilarning kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi. Bilimlar banki, bu – ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislar tayyorlashda o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmuidir. Shuningdek, bilimlar banki, bu – izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuter xotirasiga kiritilgan nazariy va amaliy ma’lumotlar to‘plami hamdir. Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmuidir. 78 Ko‘nikma, bu – o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat. Ko‘nikma, bu – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o‘z-o‘zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va u tinglovchilarda ko‘p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi. Ko‘nikma – ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to‘g‘ri, kam jismoniy va aqliy kuch sarflangan holda bajarish jarayoni natijasidir. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiylik bilan bajariladi, keyingi bosqichda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va, natijada, avtomatlashgan harakatga aylanadi. Ko‘nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada saqlanadi. Ana shu sababli uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati beqiyos. Ma’lum vaqt takrorlanmaslik ko‘nikma darajasining pasayishiga olib keladi. U katta hajmdagi mashqlar bajarish va malaka oshirish orqali tiklanadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling