A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha mashg‘ulotlar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha mashg‘ulotlar. 
O‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish ta’limi – talabalar o‘quv va ishlab chiqarish 
faoliyati ko‘lamini kengaytirishning muxim shartlaridan biridir. 
O‘quv ustaxonalarida ishlash o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini 
oshiradi, chunki o‘qitish sharoitlari ishlab chiqarish sharoitlariga yaqin va 
talabalarga murakkab maxsulot ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirish imkonini 
beradi. 
Talabalarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad 
– ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirish, ilgor ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishtirish
ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash va shular asosida kasb-hunar kollejlarini 
tugatgandan so‘ng ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatishdan 
iboratdir. 
Talabalarni 
korxona 
ustaxonalarida 
o‘qitish – malakasi kichik 
mutaxassislarni tayyorlashdagi xal qiluvchi davr hisoblanadi. Bu yerda talabalar 
ishlab chiqarish holati, yangi jixozlar va texnologik moslamalar, zamonaviy 
texnologik jarayonlar bilan tanishadilar. 
Korxonada ishlab chiqarish ta’limi talabalarning kompleks ishlarni 
bajarishda muxim ko‘nikmalarni mustahkamlashlari va takomillashtirishlariga, 


74 
texnologik jarayonlarni rejalashtirish mahoratiga ega bo‘lishlariga, turli 
maxsulotlarning assortimentlari bilan keng tanishib chiqishlariga yo‘naltirilgan. 
Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida 
tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga raxbarlik qilish uchun muhandis-texnik 
xodimlar va malakali mutaxassislarni ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida 
talabalar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling