A soliq turi b pochta bekati c yer egaligining bir turi d imtiyoz turi
Download 114.57 Kb.
|
7-sinf yangi test
034-G’arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar (12) Savollar va javobi 1. Boyaziddan mag'lubiyatga uchragan Kichik Osiyo mamlakatlari hukmdorlari Amir Temurning qayerdagi qarorgohiga borib panoh topgan edilar? Qorabog'dagi 2. Amir Temur Boyazid bilan to'qnashuvda qayerning kemalaridan foydalanishni ko'zlagan edi? Konstantinopol va Trapezund 3. 1402 yil 15 may kuni Amir Temur kimga xat yo‟llaydi? Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog 4. Amir Temur 1402 yil yozida kimlarga maxsus elchilar orqali xat jo'natgan edi? Fransiya va Angliyaga 5. Amir Temurning elchilari qachon Parijga yetib borgan edilar? 1403 yilning mayida 6. 1403 yilning 15 iyunida kim Amir Temurga javob maktubi jo'natgan edi? Fransiya qiroli Karl VI 7. Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan munosabatlarida faol ishtirok etgan shaxsni aniqlang. g'arbiy viloyatlar hukmdori Mironshoh 8. Amir Temurning qaysi o‟g‟li G‟arbda “katolik dinining xomiysi” nomi bilan mashhur bo‟lgan? Mironshoh 9. Amir Temurning Ispaniyaga jo'natgan elchisini aniqlang. Muhammadqozi 10. Klavixo boschiligidagi Ispaniya elchilari qachon Samarqandda bo'lgan edilar? 1404 yilning sentabr-noyabr oylarida 11. Amir Temur qarorgohidagi elchilar nimaga 1404 yilning 21 noyabrida Samarqanddan jo'natib yuborilgan edilar? Amir Temurning Xitoyga yurishi boshlanishi munosabati bilan 12. “Buyuk Temur tarixi” va “Temur qarorgohi” asarlarining muallifini aniqlang. Klavixo 035-Amir Temur vorislari o'rtasida taxt uchun kurash (16) Savollar va javobi 1. Amir Temur qachon va qayerda vafot etgan edi? 1405 yil 18 fevralda, O'trorda 2. Amir Temur vafotidan oldin kimni o'zining vorisi etib tayinlagan edi? Pirmuhammadni 3. Qachon Xalil Sulton Samarqandda taxtni egallab o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qilgan edi? 1405 yil 18 martda 4. Taxtni noqonuniy yo'l bilan egallab olgan Xalil Sultonga qarshi kimlar birinchi bo'lib bosh ko'targan edilar? Amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin 5. Xalil Sultonga qarshi chiqib, Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o'z hokimiyatini o'rnatishga qarshi chiqqan shaxsni aniglang. Sulton Husayn Mirzo 6. Xalil Sultonga qarshi Amudaryodan kechib o'tib Nasafga tomon qo'shin tortgan kim edi? Pirmuhammad 7. Amir Temur vafotidan keyin yuzaga kelgan boshboshdoqlik davrida G'arbiy Eron va Ozarbayjonda kimlar hokimi mutlaq bo'lib olgan edilar? Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzo 8. Amir Temur vafotidan keyin yuzaga kelgan boshboshdoqlik davrida Turkiston, Sabron, O'tror va Sayramda kim hokimi mutlaq bo'lib olgan edilar? Berdibek 9. Xalil Sulton Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan davrda Xorazmni kim bosib oladi? Idiku 10. 1407 yil 22 fevralda…. Pirmuhammad fitnachilar qo‟lida o‟ldirildi 11. Qachon Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'lgan edi? 1408 yil 22 aprelda 12. Mironshoh vafotidan keyin qaysi hududlar Temuriylar qo'l ostidan chiqib ketgan edi? Ozarbayjon va Iroq 13. 1409 yilning bahorida kim O'ratepa va Shoxruxiya shaharlarni egallab, Samarqandga yurish qilgan edi? Amir Xudoydot 14. Amir Xudoydot qayerda bo'lib o'tgan jangda Xalil Sultonni asirga olgan edi? Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo'yida 15. Besh yil davom etgan o‟zaro kurash va isyonlardan keyin kim Temuriylar davlatida tinchlik o‟rnatishga muvaffaq bo‟lgan edi? Shohrux 16. Qachon Shoxrux Mirzo Amudaryoni kechib o'tib, Samarqandni egallagan va Amir Temur davlatining ikkala qismida ham tinchlik o'rnatgan edi? 1409 yil 25 aprelda Download 114.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling