Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari sovrinli
musobaqa
III tur masalalari
1
A. Sonni top
Time limit : 2000 ms
Memory limit : 256 mb
Filialimiz talabasi Jamshidbek sonlarga juda qiziqadi.
U sonlarni juft va
toqlikka ajratishni yaxshi ko’radi. Unda n ta natural son mavjud. Bu sonlardan aynan
bittasi boshqalaridan farq qiladi (
aynan bittasi toq yoki aynan bittasi juft bo’lishi
mumkin). Sizning vazifangiz boshqalaridan farq qiluvchi
sonning tartib raqamini
topishdan iborat.
Kiruvchi ma’lumotlar. Birinchi
qatorda n natural soni berilgan(1 ≤ n ≤ 100).
Ikkinchi qatorda n ta natural son: Jamshidbekning sonlari beriladi. Berilgan sonlar
100 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma’lumotlar. Boshqalaridan farq qiluvchi sonning tartib raqamini chop
eting.
№
Input
Output
1
5
12 14 34 5 18
4
2
3
5 6 5
2
B.Harflar tahlili
Time limit : 2000 ms
Memory limit : 256 mb
Aziza dasturlashni o’rganishni endi boshladi. U ona tili o’qituvchisi bergan
topshiriqni kompyuterda tezroq bajarish to’g’risida bosh qotiryapti. O’qituvchisi
undan so’zlardagi unli va undosh harflar sonini tez aytishni so’ragandi. U vazifani
tezroq bajarib a’lo baho olmoqchi. Unga so’zlardagi unli va undosh harflar sonini
topishga yordam kerak.
Ona tilimizda 6 ta unli (a, o, u, e, i, o’) 23 ta undosh (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n,
p, q, r, s, t, v, x, y, z, g’, sh, ch, ng) harflar mavjud.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda n so’zlar soni beriladi. 0 < n < 10
5
Keying n ta qatorda kichik o’zbek alifbosi harflaridan iborat so’z beriladi. So’zlar
20 ta harfdan oshmaydi.