A ta’limiy maqsad
Download 326.43 Kb.
|
4-sinf Soadat Adabiyot DI-to\'g\'risi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- TOSHKENT VILOYATI YANGIYO’L TUMANI XALQ TALIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 27-UMUMIY ORTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF OQITUVCHISI
Sana:22-oktabr 2019-yil Sinf:4-“A” sinf. Fan:O’qish. V bo’lim: Xalq og’zaki ijodi. Mavzu: Boychechak. Maqsad: a)ta’limiy maqsad: O’quvchilarda xalq og’zaki ijodi haqida tushuncha berish, ular orasidan bolalarning o’yin qo’shiqlarini ajrata olishni, she’r mazmunini chuqur tahlil qilib, she’rni ifodali o’qishga, ma’nodosh so’zlarni topishga o’rgatish. FK1: She’rni yoddan aytib bera olish. b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda Vatanimiz tabiati in’omlariga muhabbat, xalqimizning madaniy merosiga bo’lgan hurmat tuyg’usini tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning so’zlar ma’nolarini izohlay olish, savollarga to’liq javob berish malakalarini shakllantirish, lug’at boyligini oshirish. FK: She’r mazmunidan tasirlana olish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Uslub: suhbat, tushuntirish,”Bu meniki”, ”Ma’nodosh so’zni top” mashqlari. Jihoz: gullar, rasm, so’z, gaplar yozilgan tarqatmalar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: (3 minut) salomlashish; davomatni aniqlash; o’quvchilarni darsga hozirlash. II. Uyga vazifani mustahkamlash. ( 7 minut) . “Qo’zichoq” so’zlab beradilar. Zanjir usulida so’rayman. Savollar berib umumlashtiraman. Yangi mavzu bayoni. (20 minut) Bo’lim nomi, mavzu e’lon qilinadi. Xalq og’zaki ijodiga nimalar kiradi? Ertaklar, qo’shiqlar, bolalarning o’yin qo’shiqlari, topishmoq, maqollar, rivoyatlar, laparlar, allalar. “Bu meniki” o’yini o’tkaziladi. She’rni ifodali o’qib berish. –she’r nima haqida ekan? –ko’z oldingizga nimalar keldi. O’quvchilar she’rni mustaqil o’qiydilar. Lug’at ishi ayron- qatiqqa suv qo’shib tayyorlangan ichimlik qatalab chiqqan-yorib chiqqan, baxmal-duxoba mato; Ma’nodosh so’zni topib gaplar tuzadilar . vayron buzuq, xarob, yumalab-dumalab chopdilar, kesdilar , qattiq-mustahkam, cho’ntak-kissa. Xalq og’zaki ijodi namunalaridan tinglaymiz. 4ta o’quvchi doskada “Boychechal” she’rini ashulla qilib ijro etadilar. “Oftob chiqdi olamga”she’rini Abdullox ijrosida tinglaymiz. Yana Durdona bizga “Shaftoli” she’rini aytib beradi. Bolalar o’yinlaridan “Oq terakmi ko’k terak” o’yinini tinglaymiz. Mizaxolova Zaxro ijrosida “Alla” tinglab, tomosha qilqmiz. Yangi mavzuni mustahkamlash : (10 minut) O’quvchilarga she’erni zanjir usulida naqorat bor joygacha o’qitish. O’quvchilarni baholash: (3 minut) faol o’quvchilar, rag’batlantirilib baholanadilar. Uyga vazifa berish. (2 minut) Xalq og’zaki ijodida berilgan “Boychechak” she’rini yod olish. O’IBDO’: K.T.O’skanova TOSHKENT VILOYATI YANGIYO’L TUMANI XALQ TA'LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 27-UMUMIY O'RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O'QITUVCHISI 4-“A” SINFI UCHUN O’QISH FANIDAN “BOYCHECHAK” MAVZUSIDA TAYYORLANGAN 2019-2020-o’quv yili Download 326.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling