A ta’limiy: O’quvchilarda xalq og’zaki ijodi haqida tushuncha berish, ular orasidan bolalarning o’yin qo’shiqlarini ajrata olishni, she’r mazmunini chuqur tahlil qilib she’rni ifodali o’qishga, ma’nodosh so’zlarni topishga o’rgatish


Download 0.52 Mb.
Sana07.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1673789
Bog'liq
4-sinf Soadat Adabiyot DI


22-oktabr .
Xalq og’zaki ijodi.
Mavzu: Boychechak.
Maqsad:
a)ta’limiy: O’quvchilarda xalq og’zaki ijodi haqida tushuncha berish, ular orasidan bolalarning o’yin qo’shiqlarini ajrata olishni, she’r mazmunini chuqur tahlil qilib she’rni ifodali o’qishga, ma’nodosh so’zlarni topishga o’rgatish.
FK1: She’rni yoddan aytib bera olish.
b) tarbiyaviy: O’quvchilarda Vatanimiz tabiati in’omlariga muhabbat, xalqimizning madaniy merosiga bo’lgan hurmat tuyg’usini tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning so’zlar ma’nolarini izohlay olish, savollarga to’liq javob berish malakalarini shakllantirish, lug’at boyligini oshirish.
FK: She’r mazmunidan tasirlana olish.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Metod: suhbat, tushuntirish,”Bu meniki”, ”Ma’nodosh so’zni top”, “sehrli sandiqcha” mashqlari.
Jihoz: gullar, rasm, so’z, gaplar yozilgan tarqatmalar.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: (3 minut)

-salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uyga vazifani so’rab, baholash. ( 7 minut) .
“Qo’zichoq” so’zlab beradilar.
Zanjir usulida so’rayman.
Savollar berib umumlashtiraman.

  1. Yangi mavzu bayoni. (20 minut)

  1. Bo’lim nomi, mavzu e’lon qilinadi.

  2. Xalq og’zaki ijodiga nimalar kiradi?

Ertaklar, qo’shiqlar, bolalarning o’yin qo’shiqlari, topishmoq, maqollar, rivoyatlar, laparlar, albalar.

“Bu meniki” o’yini o’tkaziladi.



  1. She’rni ifodali o’qib berish.

–she’r nima haqida ekan?
–ko’z oldingizga nimalar keldi.

  1. O’quvchilar she’rni mustaqil o’qiydilar.

  2. Lug’at ishi ayron- qatiqqa suv qo’shib tayyorlangan ichimlik qatalab chiqqan-yorib chiqqan, baxmal-duxoba mato;

  3. Ma’nodosh so’zni topib gaplar tuzadilar . vayron buzuq, xarob, yumalab-dumalab chopdilar, kesdilar , qattiq-mustahkam, chuntak-kissa.

Xalq og’zaki ijodi namunalaridan tinglaymiz.
4ta o’quvchi doskada “Boychechal” she’rini ashulla qilib ijro etadilar.
“Oftob chiqdi olamga”she’rini Abdullox ijrosida tinglaymiz.
Yana Durdona bizga “Shaftoli” she’rini aytib beradi.
Bolalar o’yinlaridan “Oq terakmi ko’k terak” o’yinini tinglaymiz.
Mizaxolova Zaxro ijrosida “Alla” tinglab, tomosha qilqmiz.

  1. Mavzuni mustahkamlash : (10 minut) O’quvchilarga she’erni zanjir usulida naqorat bor joygacha o’qitish.

  2. Faol o’quvchilar, rag’batlantirilib baholanadilare. (3 minut)

  3. Uyga vazifa. (2 minut)

She’rni yod olish.

“Tasdiqlayman” Maktab direktori: Sh.Zokirov




TOSHKENT VILOYATI YANGIYO’L TUMANI
XALQ TA'LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 27-UMUMIY O'RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O'QITUVCHISI


4-“A” SINFI UCHUN O’QISH FANIDAN “BOYCHECHAK” MAVZUSIDA TAYYORLANGAN




2019-2020-o’quv yili
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling