«A» transport vositasi T/v kuzovi/shassisining raqami


Fotosurat va videoyozuvlar ilova qilinadi


Download 106.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana27.12.2022
Hajmi106.64 Kb.
#1068540
1   2   3   4   5
Bog'liq
europrotokol uz

Fotosurat va videoyozuvlar ilova qilinadi
_____ _______________ 20____г. __________________ ( _____________________)
(to’ldirilgan sana) (imzo) (FISH)
_____ _______________ 20____г. __________________ ( _____________________)
(to’ldirilgan sana) (imzo) (FISH)
Yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xabarnomani to’ldirish tartibi:
1. Yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xabarnomaga ma’lumotlar ko’k siyohdagi ruchka bilan to’ldiriladi. 
2. Yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xabarnoma ikki nusxada to’ldiriladi 
3. Yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joy va transport vositasining shikastlanishi (harakatsiz bo’lgan to’siqlar, yo’l belgilari va boshqalar)
4. Yo’l-transport hodisasi ishtirokchilari YTH sodir etilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xabarnomani sug’urta qilgan sug’urtalovchiga yuborishi shart.
Yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning o’zida quyidagilar asos bo’ladi:
yo’l-transport hodisasi jabrlanuvchiga engil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yo’l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan bo’lsa;
yo’l-transport hodisasida ishtirokchi bo’lgan haydovchilardan biri o’z aybiga to’liq iqror bo’lsa;
yo’l-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan bo’lsa;
yo’l-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan tirkamali transport vositalari) to’qnashuv natijalarida ro’y bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan bo’lsa;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yo’l-transport hodisalari sodir etilguniga qadar sug’urta qilingan bo’lsa;
yo’l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma, ishonchnoma (bundan ishonchnoma talab
etilmaydigan hollar bundan mustasno), yo’l varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mavjud bo’lib, mazkur hujjatning amal qilish muddati o’tmagan bo’lsa;
yo’l transport hodisasi ishtirokchilari bo’lgan haydovchilarda mastlik holati bo’lmasa;
yo’l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro’yxati yo’l-transport hodisasi ishtirokchilari 
o’rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa;
Yuqorida ko’rsatilgan asoslardan bittasi mavjud bo’lmagan taqdirda, tuzilgan yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
 Izoh:
YTH - Yo’l-transport hodisasi
 T/v- transport vositasi

Document Outline

  • Страница 1
  • Страница 2

Download 106.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling