[a], Turaev Khayit
Download 2.31 Mb.
|
Kramal-karboksimetilselluloza gibrid Ingilizcha
Natijalar muhokamasi.
IQ spektroskopiya. 5-rasm. Etilendiamin bilan o’zaro bog’langan kraxmal/NaKMS gibridining IQ- spektiri Radikallashtirilgan karboksil guruhlarining (COO-) simmetrik va assimetrik cho'zilish tufayli 1558,48.11 va 1406,11 sm-1 da ikkita yangi yutilish sohalarini paydo bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Bu yutilish polasalari daslabki xomashyolar – makajuxori kraxmali, natriykarboksimetilselluloza va bog’lovchi reagent etilendiaminda mavjud emas. 1321 sm-1 da sohalardagi yutilish cho'qqilari C=O va OH guruhlarining deformatsion tebranishlariga mos keladi. 1147,65 sm-1 sohada C-O guruhining valent tebranishlariga mos yutilish polosalari kuzatiladi. IQ spektridagi 3325,28 dan 3244,27 sm−1 sohagacha bo’lgan yutilish sohalari reaksiyaga qatnashmagan OH va NH2 fungsional guruhlarga tegishli valent tebranishlar hisoblanad. Taqqoslaydigan bo’lsak, toza kraxma va NaKMS ning IQ spektrlaridagi yutilish sohalari kraxma/NaKMS asosida olingan gidrogelning IQ spektrlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Kraxmal/NaKMS gidrogelining IQ spektrlarida toza kraxmal va NaKMS da kuzatilgan bazi yutilish cho'qqilari saqlanib qolgan (5-rasm). Shu bilan birga, karboksil guruhini yutilish cho'qqilarining intensivligi kraxmal/NaKMS gidrogeli tarkibida kraxmal miqdori ortib borishi bilan past bo'ldi, chunki kraxmal tarkibida karboksil guruhlari majud emas. Kraxmal va natriykarboksimetilsellulozada mavjud bo’lgan juda ko’plab yutilish polasalari ularni etilendiamin bilan o’zaeo bog’lanishi natijasida olingan gibridida yuqolganliki ma’lum bo’ldi. Shuningdek, 1647,21 sm−1 yutilish sohasi etilendiamin hosilalarini -NH-CH2-CH2-NH- ifodalaydi. Bu hosilalar -NH-CH2-CH2-NH- ning bog’ hosil qilishi natijasida kuzatilgan. 5-rasmdagi IQ spektrlarining analiz natijalari tahlili natijasida ma’lum bo’ldiki olingan gibrid polisaxaridda ikkala polimer kraxmal va natriykarboksimetilselluloza mavjud, shu sababli ikkala komponent ham gidrogel fraktsiyasini shakllantirishda ishtirok etadi. Etilendiamin bilan o’zaro bog’langan kraxmal/NaKMS gibrid polimering taxminiy tuzilish formulasi IQ- spekt analiz natijalari asosida quidagicha ifodalandi. (1-reaksiya). Download 2.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling