A. U. Mirisaev
Download 216.5 Kb.
|
Toshkent arxitektura-qurilish instituti «tasdiqlayman»
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Ta’lim berish natijalari
II. Fanning maqsadi
Ushbu Sillabus fanning maqsadlarini tavsiflaydi. Falsafa fanini o‘qitilishidan maqsad talabalarda falsafiy bilim bazasida shakllangan umuminsoniy tafakkur taraqqiyotining tizimli qonuniyatlari ko‘nikmasini shakllantirish, refleksiv fikrlay olish, murakkab vaziyatlarda konstruktiv mantiqiy xulosa chiqara olish qobiliyatini hosil qilish, kasbiy yo‘nalganlikda falsafaning umummetodologik ko‘nikmalaridan foydalana olish xususiyatini tarbiyalashdan iboratdir. Shuningdek bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy me’rosini asrash va yanada yuksaltirish, korrupsiyaning shakllari, sabablari va ularni bartaraf etish yo’llari, ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni; dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, burch va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishni o‘rgatish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi. Talabalarning dunyoviy, falsafiy, mantiqiy, axloqiy va estetik bilimlarni o‘rganish asosida, ulardan ijtimoiy hayotda maqsadli foydalanish hamda to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirishdan iborat. III. Ta’lim berish natijalari Bilish va tushunish jihatidan: falsafani o‘rganish orqali jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini tushunish, ularga falsafiy, tizimli tafakkur nuqtai nazaridan baho berish; jamiyat taraqqiyotiga oid axborotlarni to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish, mantiqiy tahlil etish; o‘zining kasbiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni analitik va sintetik fikrlash asosida qabul qilish, mushohadaviy tafakkurga asoslangan mustaqil qarorlar qabul qilish; yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olish, takomillashtirish; o‘z mehnatini ilmiylik va bunyodkorlik asosida tizimli tashkil qilish; fikr va qarashlarini og‘zaki va yozma ravishda adabiy til qoidalari asosida konstruktiv, mantiqiy ifoda etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; O‘z fikrini bildira olishi va ularni himoyalay olish. Download 216.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling